loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

«So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlari

Mustaqil hayotga qadamingiz qutlug‘ bo‘lsin, bitiruvchi-yoshlar!

Bugun, 25 may kuni O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tasarrufidagi sanʼat maktab-internatlarida «Ilmni qadrlang, ilmga intiling!» shiori ostida «So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlari bo‘lib o‘tdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Bugun, 25 may kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internatida «Ilmni qadrlang, ilmga intiling!» shiori ostida 2022/2023-o‘quv yili bitiruvchilarining «So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni maktab-internati direktori ochib berdi, tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va Vazirlar Kengashi nomidan Turizm va madaniy meros vaziri o‘rinbosari B.Kosekeev, Nukus shahar Jiydeli Baysun MFY raisi B.Nzamov hamda ota-onalar, o‘quvchi-yoshlar va maktab-internati xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning maktab bitiruvchilariga tabrigi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi hamda Vazirlar Kengashi vakili B.Kosekeev o‘qib eshittirdi.Maktab-internat o‘quvchi-yoshlarining konsert dasturi namoyish etildi va Joriy o‘quv yilida erishgan yutuqlari uchun o‘quvchilari va ularning ota-onalari rag‘batlantirildi.

Qashqadaryo

Bugun Qashqadaryo ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internatida ham 2022-2023 o’quv yilining «Ilmni qadrlang,ilmga intiling» shiori ostida «So’nggi qo’ng’iroq» tadbiri bo’lib o’tdi.

Tadbirni maktab-internati direktori N.Xolmuradova kirish so’zi bilan ochib berdi. Yil yakuni bo’yicha sarhisob qilindi.Yil davomida alohida o’rnak ko’rsatgan ustozlar maktab -internati ma’muriyati tomonidan nominatsiyalar esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.

Surxondaryo

Bugun, 25-may kuni Ro‘zi Choriyev nomidagi Surxondaryo ixtisoslashtirilgan sanʼat maktab-internatida «Ilmni qadrlang, ilmga intiling!» shiori ostida «So‘ngi qo‘ngʻiroq» tadbiri boʻlib oʻtdi.Tadbirda bitiruvchi o‘quvchilar ta’lim bergan ustozlariga dil izhorlarini aytib oʻtishdi.Bayramga taklif etilgan mehmonlar, ota-onalar ham samimiy tilaklar bildirishdi.

Andijon

Bugun,25 may kuni Andijon ixtisoslashtirilgan sanʼat maktab-internatida «Ilmni qadarlang, ilmga intiling » shiori ostida so‘ngi qo‘ng‘iroq tadbiri o‘tkazildi.Tadbirda bitiruvchilarning ota-onalari hamda taʼlim muassasasi maʼmuriyati, pedagogik jamoasi qatnashdi.

Sirdaryo

Sirdaryo ixtisoslashtirilgan sanʼat maktab-internatida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tantanasi bitiruvchilar bilan birga barcha ishtirokchilarning esida qolarli tadbir bo‘ldi.Ushbu taʼlim dargohini bu yil 28 nafar yigit-qiz bitirmoqda. Ular tayyorlagan Vatan, ustozlar va ota-onalarni madh etuvchi badiiy-musiqiy dastur tadbirga o‘zgacha shukuh baxsh etdi.

Tantanada so‘zga chiqqan maktab-internat direktori Bahodir Bobonazarov mustaqil hayot ostonasida turgan o‘quvchilarga oq yo‘l tiladi,sanʼat bo‘yicha ushbu taʼlim masakanida olgan bilim va ko‘nikmalarini oliy o‘quv yurtlarida, ijodlarida yana-da kengaytirishga, tanlagan yo‘nalishlarining haqiqiy va yuksak mahoratli mutaxassislari bo‘lib yetishlariga tilak bildirdi.

Tadbirda ishtirok etgan ota-onalarning ko‘plab vakillari farzandlarining chuqur bilim va namunali tarbiya egasi bo‘lishida fidoyilik bilan katta mehnat qilgan maktab-interat jamoasiga cheksiz minnatdorlik bildirdi.

 

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.