loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

Tabiatni birgalikda asraylik

Toshkent fotosuratlar uyida “Tabiatni birgalikda asraylik” nomli bolalar rasmlari ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Ko‘rgazmada SHHT davlatlaridagi maktabgacha va maktab yoshidagi bolalar atrof-muhitni asrash va ona tabiatga bo‘lgan muhabbat haqidagi tushunchalari va tasavvurlarini rasmlar orqali ifodalashga harakat qilganlar.

Ko‘rgazmaning maqsadi – Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga aʼzo davlatlar bolalari orasida ekologik savodxonlikni oshirish, tabiatni muhofaza qilish, tasviriy sanʼat va badiiy ijodga bo‘lgan qiziqishini oshirish, iqtidorli yosh rassomlarni aniqlashdan iborat.

Hakamlar hayʼati tomonidan ko‘rgazmada ishtirok etgan ijodiy ishlar “Eng yaxshi maktabgacha taʼlim muassasasi”, “Eng yaxshi yosh qatnashchi”, “Eng faol ustoz”, “Eng yaxshi qoraqalpog‘istonlik qatnashchi”, “Eng faol viloyat”, “Eng yaxshi mavzuga oid rasm” nominatsiyalari bo‘yicha  g‘oliblar aniqlandi.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.