loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

Talabalarning shaxsiy ko’rgazmasi

O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi Qashqadaryo viloyat bo‘limi ko‘rgazmalar zalida Qarshi davlat universitetining Xalqaro ta’lim dasturlari fakulteti talabasi Mekka Ro‘ziyeva va San’atshunoslik fakulteti talabasi Feruza Ro‘ziyevaning “Nurli ijod” nomi ostida shaxsiy ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Ko‘rgazmaning ochilish marosimida talabalarning o‘ziga xos iqtidori e’tirof etilib, samarali ijodiy faoliyat uchun O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi viloyat bo‘limining diplomi bilan taqdirlandi.

Ko‘rgazmada ikki ijodkor talabaning 50 dan ortiq asarlari namoyish etilmoqda. Xususan, Mekka Ro‘ziyeva taqdim etgan asarlarining asosiy qismi tabiat, natyurmort, manzara janrlaridan iborat. Xalq amaliy san’atidan kulolchilik yo‘nalishi, qadimiy davrlardan shu kungacha keng tarqalgan va aholi ehtiyojlarini qanoatlantirib kelgan, muhim kasb-hunar sohasidir.

San’atshunoslik fakulteti talabasi Feruza Ro‘ziyevaning betakror sopol buyumlari ko‘rgazmaga tashrif buyurganlarda katta qiziqish uyg‘otmoqda.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.