loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

Tanlov ko‘rgazmasi ochildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-dekabrdagi F-92-son farmoni 2-ilovasi bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 31 yilligini hamda Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish hamda o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi”ning 34-bandida Xarbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari, yoshlar, shuningdek, professional ijodkorlar o‘rtasida

“Mening armiyam – mening faxrim” mavzusida “Eng yaxshi tasviriy san’at asari” tanlovi e’lon qilingan edi.10 yanvar kuni Markaziy ko‘rgazmalar zalida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 31 yilligi hamda  14-yanvar – Vatan himoyachilar kuni munosabati bilan mazkur tanlov g‘oliblarini tantanali taqdirlash hamda   “Mening armiyam – mening faxrim!” mavzusidagi ijodiy ishlar ko‘rgazmasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

 

Ijodiy ishlar vatanparvarlik, Vatanga va harbiy qasamyodga sodiqlik, Qurolli Kuchlar salohiyatini va harbiy xizmat hamda harbiy burchini tasvirlash kabi mazmuniy yo‘nalishlar bo‘yicha taniqli rassom va ijodkorlar, harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari, talaba va o‘quvchi yoshlar orasida o‘tkazildi. Tanlovdan maqsad Vatan himoyachilarining ijobiy timsolini yaratish, xalq va armiya birdamligini ko‘rsatish; yosh avlodni vatanparvarlik,

Vatanga sodiqlik va fidoyilik ruhida tarbiyalash; milliy armiyamizning jamiyat va davlat oldidagi ahamiyati va o‘rni, xalqimizning tinchligi, yurtimiz farovonligida harbiy xizmatchilarning hissasini keng targ‘ib etishdan iborat. Tanlov professional va havaskor yo‘nalishlarida o‘tkazildi. Tanlovga qatnashish uchun harbiy-vatanparvarlik mavzusidagi tasviriy sanʼat va grafika yo‘nalishlari buyicha 300 dan ortiq ijodiy ishlar qabul qilindi. Ijodiy ishlar  O‘zbekiston Badiiy аkademiyasi tomonidan tavsiya etilgan professional ijodkorlar, hayʼat aʼzolari tomonidan baholandi.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.