loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

To’garak rahbarlari uchun tadbirlar

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoyev rahbarligida 2022 yil 28 yanvar kuni kengaytirilgan tarzda o’tkazigan videoselektor yig’ilishining 8-sonli bayoni tegishli bandi ijrosini ta’minlash maqsadida O’zbekiston badiiy akademiyasi tomonidan respublikadagi “Barkamol avlod” bolalar maktablarining tasviriy va amaliy san’at hamda dizayn yo’nalishlari bo’yicha to’garak rahbarlari uchun o’tkaziladigan mahorat mashg’ulotlari rejasi ishlab chiqildi va tasdiqlandi.

Sirdaryo ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internatining malakali ustozlari O’zbekiston Badiiy akademiyasining 2022 yil 22 avgustdagi RP43423364-sonli xatidagi rejada belgilangan kunga asosan noyabr oyida Sirdaryo viloyat barkamol avlod markazida mahorat darslari o’tkazildi.

Mahorat darslarini tajribali ustozlardan Xusan Toshboyev miniatyura va portret san’ati, G’anisher Normatov tasviriy san’atning manzara janrida, Elbek Qosimov esa amaliy san’atning yog’och o’ymakorligi turi bo’yicha olib bordi.

Mahorat darslarida viloyatning barcha tuman-shaharlaridagi barkamol avlod markazlaridan tashrif buyurgan tasviriy va amaliy san’at hamda dizayn yo’nalishlaridagi to’garak rahbarlari ishtirok etdi.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.