loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

Ustoz rassomning shaxsiy koʻrgazmasi

Bugun, 2-fevral kuni Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining Markaziy koʻrgazmalar zalida rangtasvirchi rassom Mahmud Ahmedovning 85 yillik yubileyi va ijodining 55 yilligiga bagʻishlangan shaxsiy koʻrgazmasining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.Mahmud Ahmedovning asarlari – oʻziga xos olam boʻlib, hayratlanarli darajada oʻzini namoyon qiluvchi ichki dramatizmga toʻla.Qariyb 40 yil davomida maxsus musiqa va sanʻat maktab-internatida pedagogik faoliyatini olib borgan. Hozirgi kunda Ahmedovning o‘nlab shogirdlari, maktab bitiruvchilari tasviriy sanʻat sohasida samarali mehnat qilmoqdalar.M.Ahmedovning yorqin oʻziga xos isteʻdodi manzara va natyurmort janrlarida o‘zining to‘la ifodasini topdi. Uning ijodi – bu ona yurtning go‘zalligi va saxovatiga, bu go‘zallikni yaratuvchi shaxsga boʻlgan madhiyasidir. Rassomning uslubini oʻziga xos manerasidan tanish mumkin: moʻyqalamni mastixin bilan almashtirgan holda, u xuddi milliy kashtaning choklarini eslatuvchi oʻzgacha mayda mazoklar bilan ishlagan.M.Ahmedov ijodi – O‘zbekiston tasviriy sanʻatida alohida oʻringa ega. Ustoz 1972-yildan boshlab Respublika badiiy hayotida faol ishtirok eta boshladi. Uning asarlari koʻplab respublika, butunittifoq va xorijiy koʻrgazmalarda namoyish etilgan, shuningdek, Yaponiya, Buyuk Britanya, Gretsiya, Italiya, Turkiya, Jazoir, Moʻgʻuliston, Frantsiya muzeylari va shaxsiy galereyalarida saqlanadi.

Ko‘rgazma shu yil 26 fevralga qadar davom etadi.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.