loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

Yangiljon – yilning eng faol iqtidorli talabasi

“Yil talabasi – 2022” respublika ko‘rik-tanlovi gʻoliblari aniqlandi.Tanlovning yakuniy bosqichida ishtirok etgan nomzodlar 7 ta nominatsiyada tegishli vazirlik va idoralar mutaxassislaridan iborat Hakamlar hay’ati tomonidan suhbat, savol-javob hamda taqdimot ishlari orqali baholandi.Ko‘rik-tanlovining «Yilning eng faol iqtidorli talabasi» nominatsiyasi bo‘yicha O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti Аmaliy san’at fakulteti 4-bosqich talabasi Yangiljon Saburova faxrli 2-o’rinni qo’lga kiritdi.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.