loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

“Ёш ҳаваскорлар” танлови Низоми

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining
2022-yil 28-martdagi 01-15-06-sonli
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim
vazirligining 2022-yil 29-martdagi 12 q/q-sonli
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining
2022-yil 28-martdagi 13 q/q-sonli
O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni
qo‘llab-quvvatlash vazirligining 2022-yil 28-martdagi
1-qq-sonli
O‘zbekiston Badiiy akademiyasining
2022-yil 28-martdagi q-q 04-04-sonli
O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining
2022-yil 28-martdagi 01-07/10-sonli
O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining
2022-yil 30- martdagi q-q-1-sonli qo‘shma qaroriga
2-ilova

  1. Umumiy qoidalar
  • Mazkur Nizom yoshlar o‘rtasida “Yosh havaskorlar” amaliy san’at ko‘rik-tanlovi (keyingi o‘rinlarda -Tanlov)ni tashkil etish va o‘tkazish tartibini belgilaydi.
  • Ushbu Tanlov bevosita O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Madaniyat va san’at sohasini yana-da rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2022-yil 02-fevraldagi PQ-112-son qarori hamda mazkur qarorning 2-ilovasi bilan tasdiqlangan “O‘quvchilar va talabalar o‘rtasida o‘tkaziladigan madaniyat va san’at sohasidagi respublika ko‘rik-tanlovlari ro‘yxati”ning 5-bandida belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirishga yo‘naltirilgan.
  • Tanlovni yuqori saviyada o‘tkazish uchun O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Badiiy ijodkorlar uyushmasi, Madaniyat vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tashkiliy ishlar bo‘yicha mas’ul etib belgilanadi.
  1. Tanlovning asosiy maqsadi va vazifalari
  • Tanlovning asosiy maqsadi quyidagilardan iborat:

yoshlarni badiiy axloqiy, umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalab, ularning ma’naviy olamini boyitish, badiiy didini shakllantirish hamda madaniy darajasini oshirish;

mahallalarda yoshlarning o‘z qobiliyatini namoyon etishi uchun zarur sharoit va imkoniyatlar yaratish;

intellektual salohiyatli yoshlarni, yosh iqtidorlarni izlab topish va ularni rag‘batlantirish, qo‘llab-quvvatlash.

  • Tanlovning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

yosh ijodkorlarni amaliy san’at va milliy hunarmandchilikning bugungi kungacha saqlanib qolgan o‘ziga xos maktablarining an’analariga hamohang ruhda bilim-ko‘nikmalarini yana-da yuksaltirish;

yoshlarni vatanimiz tarixi, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash;

ulug‘ ajdodlarimizning boy ma’naviy-madaniy merosini yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib etish;

mahallalarda yoshlarning amaliy san’atga bo‘lgan qiziqish va intilishlarini qo‘llab-quvvatlash hamda mahallalarda ijodiy muhit shakllanishiga erishish.

  • Tanlovni tashkil etish va o‘tkazish
  • Tanlovda 7 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar amaliy san’at yo‘nalishlari (naqqoshlik, ganchkorlik, yog‘och uymakorligi, kandakorlik, zargarlik, kashtachilik, zardo‘zik, gilamdo‘zlik, hattotlik va h.k.) bo‘yicha yaratilgan ijodiy ishlari bilan ishtirok etishlari mumkin.
  • Tanlov Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat markazlari, tuman (shahar) va mahallalarda hamda Toshkent shahrida o‘tkaziladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda Tanlovga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish bo‘yicha hududiy Tashkiliy qo‘mitalar shakllantiriladi.

Hududiy Tashkiliy qo‘mitalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Madaniyat vazirligining joylardagi madaniyat boshqarmalari, Xalq ta’limi vazirligining joylardagi xalq ta’limi boshqarmalari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining hududiy boshqarmalari, O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi hududiy bo‘limlari vakillari, Yoshlar ishlari agentligining joylardagi bo‘limlari va mahallalardagi vakillari ishtirokida tashkil etiladi.

Tanlovning respublika bosqichini hamda tanlov g‘oliblarining ijodiy ko‘rgazmasini tashkil etish va o‘tkazish uchun O‘zbekiston Badiiy akademiyasining Tashkiliy qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda – Tashkiliy qo‘mita deb ataladi) shakllantiriladi.

Tashkiliy qo‘mita tarkibi O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.

  • Tanlov quyidagi ikkita yosh toifalari bo‘yicha o‘tkaziladi:

7 yoshdan 13 yoshgacha bo‘lgan yosh ijodkorlar;

14 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan yosh ijodkorlar;

18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yosh ijodkorlar.

  • Tanlov quyidagi bosqichlarda tashkil etiladi:

birinchi bosqich – “ta’lim muassasasi” bosqichi- mahallalar bilan hamkorlikda: 5-15-sentyabr kunlari respublika bo‘ylab ta’lim muassasalarida o‘tkazilib, Yoshlar ishlari agentligining mahallalardagi vakillari, madaniyat markazlari hamda ta’lim muassasalari hamkorligida tashkil etiladi. Bunda tegishli ta’lim muassasasi joylashgan mahalladagi yoshlarning faol ishtirokini ta’minlash Yoshlar yetakchilari va madaniyat markazlari zimmasiga yuklanadi;

ikkinchi bosqich – mahalliy, tuman (shahar)lar bo‘yicha: 20-30-sentyabr kunlari tuman (shahar)lar kesimida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar, barcha shaharlar va tumanlar hokimliklari, Badiiy ijodkorlar uyushmasining hududiy bo‘limlari, Madaniyat vazirligining joylardagi madaniyat boshqarmalari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining hududiy boshqarmalari, Xalq ta’limi vazirligining joylardagi xalq ta’limi boshqarmalari, Yoshlar ishlari agentligining joylardagi bo‘limlari tomonidan o‘tkaziladi;

uchinchi bosqich – hudud-viloyat bosqichi: oktyabr oyida Badiiy ijodkorlar uyushmasining hududiy bo‘limlari mas’ulligida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Madaniyat vazirligining joylardagi madaniyat boshqarmalari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining hududiy boshqarmalari, Xalq ta’limi vazirligining joylardagi xalq ta’limi boshqarmalari, Yoshlar ishlari agentligining joylardagi bo‘limlari vakillaridan iborat hududiy Tashkiliy qo‘mitalari tomonidan tashkil etiladi;

to‘rtinchi bosqich – respublika bosqichi: noyabr oyida respublika Tashkiliy qo‘mitasi tomonidan o‘tkaziladi.

  • Tanlov quyidagi tartibda tashkil etiladi:

Tanlovning 1-bosqichida ishtirok etish istagini bildirgan yoshlar respublikamizdagi ta’lim muassasalariga hamda Yoshlar ishlari agentligining mahallalardagi vakillariga joriy yilning 5 sentyabriga qadar ariza bilan murojaat kiladi va barcha ta’lim muassasalarida tashkil etiladi.

Tanlovning mahalla bosqichida har bir yosh toifasida I, II, III-o‘rinni qo‘lga kiritgan g‘oliblarga ikkinchi bosqich-tuman(shahar) bosqichiga yo‘llanma beriladi. 1-bosqich g‘oliblari hujjatlari joriy yilning 16 sentyabridan 20 sentyabriga qadar Madaniyat vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Yoshlar ishlari agentligining joylardagi boshqarma va bo‘limlari tomonidan tuman (shahar)larda tashkil etiladigan hududiy Tashkiliy qo‘mitalarga taqdim qilinadi.

Tuman (shahar) bosqichida har bir yosh toifasida I, II, III-o‘rinni qo‘lga kiritgan g‘oliblarga viloyat bosqichiga yo‘llanma beriladi.

Tuman (shahar) bosqichlari g‘oliblari hujjatlari joriy yilning 1-oktyabridan 5-oktyabriga qadar qadar Badiiy ijodkorlar uyushmasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyat bo‘limlariga topshiriladi.

Viloyat bosqichida har bir yosh toifasida I, II, III-o‘rinni qo‘lga kiritgan g‘oliblarga Respublika bosqichiga yo‘llanma beriladi.

Uchinchi bosqich – viloyat bosqichi g‘oliblarining hujjatlari 01 noyabridan 05 noyabriga qadar qadar Tanlovning respublika bosqichi Tashkiliy qo‘mitasiga taqdim qilinadi.

  • Tanlovning respublika bosqichiga yo‘llanma olgan ishtirokchiga hududiy Tashkiliy qo‘mitalar tomonidan quyidagi hujjatlar taqdim qilinishi lozim: hududiy tanlov natijalari bo‘yicha Tanlov Hakamlar hay’ati bayonnomasidan nusxa;

ishtirokchi shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport, tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma) nusxasi;

ishtirokchining oxirgi 3 oy ichidagi 3×4 hajmdagi 2 dona fotosurati.

Tashkiliy qo‘mita har bir yosh toifasi bo‘yicha kelib tushgan hujjatlarni 5-noyabrdan 10-noyabrga qadar ko‘rib chiqadi, respublika bosqichi ishtirokchilari ro‘yxatini shakllantiradi hamda nomzodlarning yakuniy ro‘yxatini tasdiqlaydi.

Tasdiqlangan ro‘yxat Hakamlar hay’atiga taqdim qilinadi. Tanlov Hakamlar hay’ati 20 noyabrga qadar nomzodlar orasidan Tanlov g‘oliblarini aniqlaydi hamda Tanlov natijalari bo‘yicha qaror qabul qiladi.

  • Tanlovning g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi hamda tanlov g‘oliblarining ijodiy ko‘rgazmasi 2022-yil noyabr oyining oxirida o‘tkaziladi. Tanlov g‘olibi va sovrindorlarini taqdirlash marosimining kuni va joyi Tashkiliy qo‘mita qaroriga asosan O‘zbekiston Badiiy akademiyasining rasmiy veb-saytida kamida uch kun oldin e’lon qilinadi.
  • Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan yoshlar arizalari 2022-yilning 1-sentyabridan 5-sentyabriga qadar Yoshlar ishlari agentligining mahallalardagi vakillari hamda ta’lim muassasalari tomonidan qabul qilinadi.
  • Tanlovga O‘zbekiston Badiiy akademiyasining rasmiy veb-saytida joylashtirilgan namuna asosida to‘ldirilgan arizalar topshiriladi.
  • Tanlovga bitta ishtirokchi tomonidan amaliy san’at yo‘nalishlarida yaratilgan 1 (bir) dona ijodiy ish taqdim etiladi.
  1. Tanlov shartlari va baholash mezonlari
  • Ijodiy ishlar (tanlov ishtirokchilarining ishlari) Hakamlar hay’ati tomonidan quyidagi asosiy mezonlar bo‘yicha baholanadi:

ijodiy ishlarda boy ijodiy fantaziya orqali birlashtirilgan shakllarning maqsadga muvofiqligi;

ranglarning uyg‘unligi va o‘ziga xos kompozitsiyalarda yaratilganligi, bejirim shakldan, material fakturasidan mohirlik bilan foydalanib yorqin ifodalikka erishilganligi;

badiiy bezak elementlari ma’lum qonun-qoidalarga amal qilgan holda joylashtirilganligi;

ijodiy ish yaxlit kompozitsiyani xosil qilishi va uning tugallanganlik darajasi;

bajarilish texnikasi, bezak ijrolarining barqarorligi, oddiyligi va shakllarining qat’iyligi bilan ajralib turishi;

ishtirokchilar ma’lum bilim va malakaga ega bo‘lishlari;

ijodiy ishlar badiiy g‘oyasining tomoshabin hamda asar oldiga qo‘yilgan vazifalarga mosligi.

  • Tanlov ishtirokchilarining ijodiy ishlari Hakamlar hay’ati tomonidan maxsus ishlab chiqilgan baholash varaqalari yordamida baholanadi.
  • Ijodiy ishlar (ishtirokchilarning ijodiy ishlari) Hakamlar hay’ati tomonidan 10 ballik tizimda baholanadi.
  • Tanlov hay’atining har bir a’zosi har bir nomzodga o‘z bahosini qo‘yadi.
  • Tanlovning yosh toifalari bo‘yicha g‘oliblari va sovrindorlarini aniqlash tartibi quyidagicha:

Tanlov g‘oliblari Hakamlar hay’ati tomonidan qo‘yilgan baholarga qarab aniqlanadi;

Tanlovning yosh toifalari bo‘yicha nomzodlarning yakuniy ballari teng bo‘lib qolganda, Hakamlar hay’ati raisi ikkita ovoz berish huquqiga ega bo‘ladi va hay’at raisi ovoz bergan ishtirokchi g‘olib deb topiladi.

  • Tanlovning yosh toifasi bo‘yicha g‘olibi quyidagi holatlarda aniqlanmasligi mumkin:

Tashkiliy qo‘mitaning qaroriga muvofiq, muayyan yosh toifalari bo‘yicha Tanlovga topshirilgan ishlarning hech bir talabga javob bermagan taqdirda (agarda to‘plangan jami ballar miqdori 5 balldan past bo‘lsa);

tegishli yosh toifasida ishtirok etuvchilar soni 5 tadan kam bo‘lsa hamda ular orasidan birinchi o‘ringa munosibi topilmasa.

  • Tanlovning respublika bosqichi ishtirokchilari ishlarini baholash uchun Hakamlar hay’ati tarkibi O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisining tegishli buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.
  1. G‘oliblarni taqdirlash
  • Tanlov g‘oliblarini taqdirlashni tashkil etish maqsadida Tashkiliy qo‘mitaning majlisi o‘tkaziladi hamda Tanlov natijalari e’lon qilinadi. Tanlov g‘oliblari va sovrindorlarining ro‘yxati Hakamlar hay’ati tomonidan tasdiqlanadi.
  • Tanlov natijalari rasman e’lon qilingunga qadar Hakamlar hay’ati hamda Tashkiliy qo‘mita a’zolari bu haqdagi ma’lumotlarni oshkor etishlari qat’iyan ta’qiqlanadi.
  • Tanlov g‘oliblarining ijodiy ko‘rgazmasining ochilish marosimida g‘oliblar tanatanali ravishda taqdirlanadilar.

Tanlov natijalari va g‘oliblarning ro‘yxati tantanali taqdirlash marosimidan so‘ng O‘zbekiston Badiiy akademiyasining rasmiy veb-saytida hamda ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.

  • Tanlovning yosh toifalari bo‘yicha g‘oliblari va ishtirokchilari tashkilotchilar tomonidan ta’sis etiladigan Tanlov diplomlari, sertifikatlari va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.
  • Tanlov g‘oliblari va sovrindorlari homiylar tomonidan (Tashkiliy qo‘mita bilan kelishilgan holda) ta’sis etilgan qo‘shimcha sovrinlar bilan taqdirlanishlari mumkin.
  • Tanlov natijalariga ko‘ra Hakamlar hay’ati istalgan ishtirokchini hay’atning maxsus sovrini bilan taqdirlash huquqiga ega.

VII. Yakuniy qoidalar

  • Tanlovni birinchi va ikkinchi bosqichlarini o‘tkazish bilan bog‘liq barcha xarajatlar “Yoshlar daftari” jamg‘armasi, hududiy va respublika bosqichlari hamda tanlov g‘oliblarining ijodiy ko‘rgazmasini tashkil etish va o‘tkazish, g‘oliblarni taqdirlash bilan bog‘liq xarajatlar Moliya vazirligi tomonidan maqsadli ajratiladigan mablag‘lar hisobidan o‘rnatilgan tartibda qoplanadi.
  • Tanlovni tashkil etish va o‘tkazish jarayoniga homiylik mablag‘larini jalb etish mumkin.
  • Tanlovda ishtirok etish uchun taqdim etilgan asarlar bo‘yicha rasmiy izoh va sharh berilmaydi.
  • Tanlovning respublika bosqichi uchun ijodiy ishlar tegishli hujjatlar bilan birgalikda Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Yusuf Xos Xojib ko‘chasi, 37/A-uy manzili, Xalqaro madaniyat karvon saroyi binosida ( telefon: (71) 252-30- 88, (71) 256-35-56) qabul qilinadi.

Izoh: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 977-moddasiga muvofiq mazkur Tanlov Nizomiga o ‘zgartirish va qo ‘shimchalar kiritilishi mumkin.

«Ёш ҳаваскорлар» танловига Анкета-ариза намунаси

https://t.me/artacademyuz/14774

 

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.