loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

Yubiley ko’rgazmalar

2-iyun kuni O‘zbekiston Badiiy akademiyasining Markaziy ko‘rgazmalar zalida ikki  atoqli usta – zargar Fasixitdin Dadamuxamedov va yog’och o’ymakor ustasi Sirojiddin Rahmatillayevning shaxsiy yubiley ko’rgazmasi ochildi.

Ikki atoqli usta – zargar Fasixitdin Dadamuxamedov va yog’och o’ymakor ustasi Sirojiddin Rahmatillayev milliy amaliy san’at rivojiga qo’shayotgan hissasi uchun O‘zbekiston Badiiy akademiyasining diplomi bilan taqdirlandi.

Yog‘och o‘ymakorligi ustasi Sirojiddin Raxmatillayev usta Ortiq Fayzullayev (1933-2023)ning munosib shogirdlaridan bo‘lib, O‘zbekistonning qator yirik me‘moriy loyihalaridagi, jumladan, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, O‘zbek Milliy akademik drama teatri binosidagi o‘yma eshiklar muallifi sifatida o‘ziga xos mahorati, ijodkorona yondoshuvini namoyon etgan holda, yog‘och o‘ymakorligi an‘analarini davom ettirib kelmoqda.

Ushbu ko‘rgazmada Sirojiddin Raxmatillayev yog‘och o‘ymakorligining sara asarlari – ayvon, shirma, ustunlar, laganlar, lavhlar va qutilarni namoyish etmoqda.

Fasixitdin Dadamuxamedov – o‘zbek zargarlik maktabi an‘analarini davom ettirib kelayotgan usta, zargarlik tarixi bilimdoni, shakllardagi yangi izlanishlardan chekinmaydi va ushbu ko‘rgazmada kol‘elar, ziraklar, bilaguzuklar va boshqa buyumlarda zargarlik maktabining an‘analarini ko‘rishimiz mumkin.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.