loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

Yurtimiz siymolari

2 iyun kuni Toshkent fotosuratlar uyida O‘zbekiston xalq rassomi, professor Rustam Xudayberganovning  “Yurtim siymolari” nomli shaxsiy ko‘rgazmasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ko‘rgazmada rassomning 60 ga yaqin portret va tarixiy janrdagi rangtasvir asarlari namoyish etilayapti.

Ko‘rgazma ekspozitsiyasidan, asosan, yurtimizda yashab o‘tgan moziyning bir qator atoqli insonlari va zamonamiz portretlari, ularga muvofiq tarzda qadimiy va zamonaviy obidalari tasvirlari o‘rin olgan.

Ular orasida Soxibqiron Amir Temur, shoir va shoh Zahiriddin Muhammad Bobur, buyuk mutafakkirlar – Al Xorazmiy, Abu Ali Ibn Sino, Al Beruniy, Zamahshariy, Abdurahmon Jomiy, Ogahiydan toptib, zamondosh qahramonlar – Abdulla Oripov, Muyassar Razzoqova, Ikrom Akbarov, Raim Farhodiy, shuningdek, xivalik bobo va momolar portretlari bugungi ko‘rgazma mazmun-mohiyatini ochib beradi.

Rassom haqida:

1946 y.  –  Xorazm viloyatida tug‘ilgan.

1975-79 yy. –Toshkent Teatr va rassomchilik institutining Mahobatli rangtasvir bo‘limini bitirgan.

1997 y. – K.Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti “Mahobatli rangtasvir” kafedrasi mudiri, dotsent, professor.                                        

1988 y. –  Xalqaro Rassomlar Konfederatsiyasi aʼzosi hamda O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi aʼzosi.        

2006 y. – O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi  “Kumush medali” sovrindori.                                       

2011 y. – Xitoy. Nyankin Universteti “Faxriy professori” ilmiy unvoni sohibi.                       

2013 y. – “O‘zbekiston xalq rassomi” unvoni bilan mukofotlangan.

Respublikamiz va  qator xorijiy davlatlarda bir necha bor shaxsiy ko‘rgazmalari bo‘lib o‘tgan.

Asarlari:  AQSH, Fransiya, Kanada, Xitoy, Yaponiya, Angliya, Germaniya, Italiya, Turkiya, Shvetsariya, Belgiya, Koreya kabi 20ga yaqin mamlakatlari galereya,  shaxsiy kolleksiyalarida hamda O‘zbekiston muzeylari, kartinalar galeyasida saqlanmoqda.         

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.