Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
close-icon

Dushanba – Juma, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

16-avgust kuni O‘zbekiston Badiiy akademiyasi galereyasida Sharqning buyuk shoiri va mutafakkiri Maxtumquli Firog'iy tavalludining 300 yilligi  munosabati bilan Badiiy akademiya ko'magida turkmanistonlik iste’dodli rassomlar guruh ko‘rgazmasining ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

Tadbirda Turkmanistonning mamlakatimizdagi favqulodda va muxtor elchisi Shadurdi Meredov ishtirok etdi va so‘zga chiqdi.

Ko‘rgazmada Rustam Abdullayev, Zokirjon Babayev, Allaberdi Ovezdurdiyev, Rovshen Chopanov, Gaxriman G‘ochmuradov, Vepa Gurdov, Bayram Bazarov, Polad Garriyev, Aibibi Amanqlicheva, Myalik Gochmuradov, Raxman To‘xmonov, Raxman Raxmanli, Amanmuhammed Ashirgeldiev kabi turkman rassomlarining 30 dan ortiq kartinalari, shuningdek, Xoshgeldi Garadjaevning  Ashxobod shahrida qo'yilgan Maxtumquli Firog'iyning 60 metrlik haykali aks ettirilgan fotosuratlari namoyish etilmoqda.
  
Maxtumquli ikki qardosh el, o'zbek va turkman xalqlari uchun birdek ardoqli shoirdir. 

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 19-fevralida qabul qilingan “Buyuk turkman shoiri va mutafakkiri Maxtumquli Firog‘iy tavalludining 300 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida” gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida ushbu ko‘rgazma tashkil qilindi.

Ko‘rgazma shuningdek, mutafakkir shoir Maxtumquli Firog’iy she’riyat olamini tarannum etish, tomoshabinlarni turkman tasviriy san’ati rivoji va uning yutuqlari, noyob asarlari bilan tanishtirish va ijodiy tajriba almashishga xizmat qiladi.

Ko‘rgazma 22-avgustga qadar davom etadi.