Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
close-icon

Dushanba – Juma, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

23-avgust kuni O‘zbekiston Badiiy akademiyasining Markaziy koʻrgazmalar zalida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 33 yilligiga bag'ishlangan  “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” deb nomlangan Respublika badiiy ko‘rgazmasining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Ko‘rgazmada ijodkorlarning soʻnggi yillarda yaratgan – rangtasvir, grafika, haykaltaroshlik va installyatsiylari namoyish etilmoqda.

O'zbekiston xalq rassomlari Fayzullo Axmadaliyev, Rustam Xudoyberganov hamda taniqli rassomlar Xikmat Jalilov, Rustam Bazarov, Toxir Karimovlarning so'ngi yillarda yaratgan O‘zbekistonning go‘zalligi, insonlarining mehr-oqibati, mehmondo‘stligi va xalqining ko‘p millatliligiga bag‘ishlangan asarlari namoyish etildi.

Shuningdek, ko'rgazmada grafik rassomlar Anvar Mamadjanov, Asliddin Kalanov, Li-Safi Mariya, Li Tatyana, Akrom Baxromov asarlarini, Irina va Rinat Muxamedshinlarning zargarlik buyumlarini, Marina Borodina, Botir Hakimov, Ollabergan Allaberganov, Damir Roʻziboev, Farid Axmedzyanova va Bahrom Norboyevlarning haykaltaroshlik asarlarini hamda shu qatori ko'plab ijodkorlarning asarlarini ko'rishingiz mumkin.

Ko'rgazma joriy yilning 10-sentyabrigacha davom etadi