close-icon

Dushanba – Juma, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

O‘zbekiston Badiiy akademiyasining anjumanlar zalida 8-Mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nuridinov so‘zga chiqib, samimiy tilaklarini izhor etdi hamda aziz ayollarimiz, opa-singillarimizni bayram bilan qizg‘in tabrikladi.

U o‘z nutqida quyidagilarni ta’kidladi:

— Ayol qadri ulug‘langan yurtda tinchlik va farovonlik bo‘ladi. Ayol, ona deganimizda oilasi va jamiyati ravnaqi uchun fidokorona mehnat qilayotgan mo‘tabar onalar, opa-singillar ko‘z oldimizga keladi va ularga tahsinlar aytamiz. Ayollarimizni qancha e’zozlasak, shuncha oz. Rassomlarimiz o‘zbek ayolini ulug‘lash, uning siymosiga ehtirom ko‘rsatishni maqsad qilib, qo‘llariga mo‘yqalam oldilar va siz ko‘rib turgan ushbu asarlar yaratildi. “Ayol baxtli bo‘lsa, jamiyat baxtli bo‘ladi”, degan ezgu g‘oya asosida qalb qo‘ri bilan yaratilgan bu asarlar sizlarga manzur bo‘ladi, degan umiddamiz. Badiiy akademiya va Davlat xavfsizlik xizmati tashabbusi bilan ilk bor amalga oshirilgan ushbu loyiha kelgusida ham davom ettiriladi.

Tadbir davomida yaratilgan portretlar Badiiy akademiya raisi tomonidan o‘z egalariga tantanali ravishda topshirildi.

Shuningdek, so‘zga chiqqanlar tashkilotchilar va rassomlarga samimiy minnatdorlik bildirib, mazkur loyiha o‘zbek ayolining jamiyat hayotidagi o‘rni va nufuzini yuksak ehtirom bilan aks ettirganini alohida ta’kidladilar.