close-icon

Dushanba – Juma, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi huzuridagi Badiiy ta’lim yo‘nalishlarida pedagog va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish markazi rahbari, xodimlari hamda bir guruh rassomlardan iborat delegatsiya Turkiya Respublikasining Anadolu universitetiga tashrif buyurdi.


🤝 Tashrifning ilk kunida delegatsiya a’zolari universitetning Tasviriy san’at fakulteti rahbariyati bilan uchrashib, o‘zaro hamkorlik yo‘nalishlari hamda safar doirasidagi kelgusi rejalarni muhokama qildilar.


🎨 Shundan so‘ng mehmonlar talabalar ijodi bilan yaqindan tanishib, ularning san’at sohasidagi izlanishlari va erishayotgan natijalarini ko‘zdan kechirdilar.