Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
Bugun Toshkent fotosuratlar uyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish to‘g‘risida” 2024-yil 12-dekabrdagi F-62-son Farmoyishi ijrosini ta’minlash hamda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tizimida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligini va Vatan himoyachilari kunini munosib nishonlash maqsadida "Mening armiyam - mening faxrim" mavzusida "Eng yaxshi tasviriy sanʼat asari" tanlovi ijodiy ishlar ko‘rgazmasi tashkil qilindi.
Shuningdek, buyuk sarkardalarimizning harbiy merosini, milliy armiyamizning kuch-qudratini targ‘ib etish maqsadida “Xalq va armiya-bir tanu bir jon!” mavzusida professional va havaskor ijodkor rassomlar, harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari tomonidan yaratilgan san’at asarlari, rasmlar hamda fotosuratlar ko‘rgazmasi ham ochildi.