O‘zbekiston Badiiy akademiyasida Akademiya raisi Akmal Nur hamda Fransiyaning davlat muassasasi — Manufactures nationales – Sèvres & Mobilier national vakili Muriel Austerlitz o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Suhbat davomida tomonlar xalqaro madaniy hamkorlikni rivojlantirish, badiiy ta’lim, amaliy bezak san’ati hamda an’anaviy hunarmandchilikni asrab-avaylash sohalarida tajriba almashish masalalarini muhokama qildilar. Shuningdek, O‘zbekiston va Fransiyaning tegishli muassasalari o‘rtasida hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish istiqbollari, qo‘shma ta’lim va ko‘rgazma loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi.
Mehmon O‘zbekiston Badiiy akademiyasining faoliyati, yosh rassomlarni qo‘llab-quvvatlash va milliy san’atni rivojlantirishga qaratilgan ta’limiy hamda ijodiy tashabbuslari bilan tanishdi.
Uchrashuv yakunida tomonlar badiiy ta’lim, madaniy meros va ijodiy almashinuv sohalarida professional aloqalarni yanada rivojlantirish hamda hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.