Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
close-icon

Dushanba – Juma, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

16-yanvar kuni O‘zbekiston Badiiy akademiyasi huzuridagi Rassomlik mahorat ustaxonasi stajor-tadqiqotchilari 2024-yil ikkinchi yarim yillik attestatsiyasidan o‘tkazildi.

Badiiy akademiya raisi Akmal Nur boshchiligida attestatsiya komissiyasi stajor-tadqiqotchilarning yaratgan asarlari ko‘zdan kechirilib, ularga xato va kamchiliklari, yutuqlari hamda kelgusida qanday yo‘nalishda ishlash kerakligi to‘g‘risida maslahatlar berildi.

Stajor-tadqiqotchilar tomonidan yaratilgan ijodiy ishlar o‘rnatilgan tartibda Badiiy ko‘rgazmalar direksiyasi va Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura san’ati muzeyi fondiga topshiriladi.