Respublika ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internatida 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida ayollarni e’zozlash, ularga hurmat va e’tibor ko‘rsatish haqida so‘z yuritildi.
Bayram dasturida o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan sahna ko’rinishlari va raqslar namoyish etildi.
Tadbir yakunida muassasada faoliyat yuritayotgan ayol ustoz va xodimalarga bayram tabriklari bildirildi.
Tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tkazilib, barcha ishtirokchilarda iliq taassurotlar qoldirdi.