Bugun O‘zbekiston Badiiy akademiyasi bosh ilmiy kotibi Feruza Abidjanova xizmat safari bilan Samarqand ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internatiga bordi.
Safar davomida maktab-internat jamoasi bilan uchrashuv va yig‘ilish tashkil qilindi.
Yig‘ilishda bosh ilmiy kotib F. Abidjanova sohaga oid huquqiy-me’yoriy hujjatlardagi so‘nggi o‘zgarishlar, xususan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 9-sonli qaroriga kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlarning mazmun-mohiyatini tushuntirib berdi hamda ularning ijrosini ta’minlashga oid vazifalarga to‘xtalib o‘tdi.
Yig‘ilishda badiiy ta’lim bilan bog‘liq takliflar yuzasidan fikr almashildi.