close-icon

Dushanba – Juma, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

Bugun O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur tasarrufdagi Qo‘qon ixtisoslashtirilgan san’at maktabida yangi ko‘rgazmalar galereyasi ochilishida qatnashdi.

Yangi ko‘rgazmalar galereyasini tantanali ochish marosimda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur, Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov, O'zbekiston xalq rassomi, akademik Javlon Umarbekov, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti rektori Omonulla Salihov va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Marosimida mamlakatimizda Prezidentimiz tomonidan madaniyat va san’atni rivojlantirishga qaratilayotgan yuksak e’tibor alohida e’tirof etildi.

Yangi galereya yosh ijodkorlarning iste’dodini namoyon etish, ijodini targ'ib qilish uchun qo‘shimcha imkoniyat yaratishi ta'kidlandi.

Shuningdek, maktabda yangi faollar zali ham tashkil etildi.