close-icon

Dushanba – Juma, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

Joriy yilning 14 -martidan 30 apreliga qadar Ozarbayjon Milliy Sanʼat muzeyida Toshkent kashtachilik maktabi anʼanalarini qayta tiklash va rivojlantirishga bag‘ishlangan «So‘zanining tug‘ilishi. Bir kashtado‘z qissasi» ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

«So‘zanining tug‘ilishi. Bir kashtado‘z qissasi» oddiy ko‘rgazma emas, balki nazariya va amaliyot, sanʼatshunos va hunarmand o‘rtasidagi muloqot sifatida shakllangan mualliflik loyihasidir. 

Uning g‘oyasi, dramaturgiyasi va tadqiqot doirasi sanʼatshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Binafsha Nodirga, badiiy ifodasi va amaliy bajarilishi esa O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi aʼzosi, kashtado‘z Madina Qosimboyevaga tegishli. 

Bu hamkorlik muzey makoni uchun noyob bo‘lgan anʼanaga bilim va hunarmandchilik ajralmas birlikda mavjud bo‘lgan jonli jarayon sifatida qarashni taklif etadi.

Ko‘rgazma nomi so‘zananing “tug‘ilish” jarayonining o‘ziga – g‘oya va kompozitsion yechimdan tortib, anʼana qayta jonlangan mashaqqatli mehnatgacha bo‘lgan yo‘lga ishora qiladi. 

Bu g‘oya Madina Qosimboyeva ijodi va uning maktabi orqali ochib beriladi. Bunda anʼana qotib qolgan shakl sifatida emas, balki rivojlanib boruvchi badiiy amaliyot sifatida talqin etiladi.

Ko‘rgazma loyihasi doirasida Madina Qosimboyevaning mahorat darslari, shuningdek, “SAN‘AT” va“HUNARMAND”jurnallari bosh muharriri Binafsha Nodirning «Anʼana topografiyasi. O‘zbek kashtachiligining mahalliy-badiiy xususiyatlari: tarixi, maktablari, naqsh-bezaklar semantikasi» mavzuidagi maʼruza-taqdimoti rejalashtirilgan.

Loyiha mualliflari: Binafsha Nodir, Madina Qosimboyeva.

Tashkilotchilar: Ozarbayjon Respublikasi Madaniyat vazirligi, Ozarbayjon Milliy Sanʼat muzeyi.

Ozarbayjondagi O‘zbekiston Respublikasi elchixonasi va O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi ko‘magida.