Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
close-icon

Dushanba – Juma, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

Toshkent fotosuratlar uyida O'zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasining Fotorassomlar sho'basi a'zolari va havaskor fotograflar qo'shma ko'rgazmasi ochildi. Mazkur ko'gazma Toshkent fotosuratlar uyining 20 yilligiga bag'ishlandi.

Toshkent fotosuratlar uyi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2005-yil, 25-noyabrdagi 264-son qaroriga asosan tashkil etilgan.

Uning ko'rgazma zallarida  mamlakatimizdagi turli san'at va madaniyat, davlat va nodavlat, shuningdek, xalqaro tashkilotlar va fondlar, mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan qator davlatlar elchixonalari bilan hamkorlikda nufuzli xalqaro va respublika ko'rgazmalar, ilmiy-ijodiy anjumanlar, ijodkorlar bilan uchrashuvlar va sohadagi ustozlar saboqlari tashkil etib kelinmoqda.

Fotorassomlar sho'basi bu yilgi hisobot fotoko'rgazmasida ham manzara janri ustunlik qiladi. Jumladan, S.Kanaki, V.Sokolov, S.Karandaev, A.Korovinning ba'zi fotolarida lirizmni, Z.Ro'ziqulov, E.Kurtvaliev ishlarida realizmni, H.Shoraxmetov, N.loshuk, I.Ten fotolarida esa Impressionizmga biroz yondashilganligi seziladi. R.Sharipov, V.Goncharenko esa milliy an'analarimiz va madaniyatimizni taqdim etishgan.

Havaskor fotograflar ham turli mavzu va janrlarda o'z izlanishlarini namoyon qilishgan. Ular orasida M.Yusuf, T. Varisxonov, A.Lenkov, A.Pan, M.Gafarova, N.Butorina, A.Abdulxafizov, A.Naim, A. Vinogradov, L.Abbosova, K.Galiskaya, Sh.lbadullaeva, Ye.Girda, Z.Shamshimetova, E. Raxmatullina singarilarni izlanishlari tomoshabinda qiziqish uyg'otadi.

Ko'rgazma 2-fevralgacha davom etadi.