close-icon

Dushanba – Juma, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

Bugun, 9-iyun kuni Markaziy ko‘rgazmalar zalida “Tranzit: Toshkent – Andijon – Toshkent” nomli ko‘rgazmaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

📃 Mazkur ko‘rgazma O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan ilk bor 18–21-may kunlari Andijon viloyatining Bobur shahrida o‘tkazilgan Rassomlar festivalining mantiqiy davomi sifatida tashkil etildi. Ekspozitsiyadan festival doirasida namoyish etilgan eng sara tasviriy va amaliy san’at asarlari o‘rin olgan.

Ko‘rgazmaning asosiy maqsadi festival muhitini Toshkent tomoshabinlariga yetkazish, shuningdek, san’at ixlosmandlarini mamlakatimizning turli hududlaridan kelgan ijodkorlar ishlari bilan yaqindan tanishtirishdan iborat.

Ekspozitsiyada rassomlar, grafiklar, haykaltaroshlar va fotomusavvirlarning ijod namunalari namoyish etilmoqda. Taqdim etilgan asarlar milliy qadriyatlar, tarixiy xotira, zamonaviy hayot va insoniy kechinmalarni badiiy talqinda aks ettiradi.

“Tranzit: Toshkent – Andijon – Toshkent” ko‘rgazmasi poytaxt aholisi va mehmonlariga Andijon san’at festivali muhitini yana bir bor his etish, shuningdek, festivalning eng yaxshi asarlarini bir maskanda tomosha qilish imkonini yaratadi.