Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
13-yanvar kuni soat 17:00da O`zbekiston Badiiy akademiyasi Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyida xitoylik rassom Chjan Biyunning “Mo‘yqalam raqsi” nomli shaxsiy ko`rgazmasining ochilishi bo`lib o`tdi.
Ko`rgazmada rassomning 60ta go-hua asarlari namoyish qilindi.
Chjan Biyun – falsafa fanlari doktori, 2006-yil Lvov Davlat tasviriy san`at akademiyasini tamomlagan. Hozirda Zhejiang Industry kompaniyasida ishaydi.
2011-yil Lvov Davlat tasviriy san`at akademiyasining falsafa fanlari doktori darajasini olgan.
2015-yilda Repin nomidagi Rossiya Badiiy akademiyasiga ilmiy xodim sifatida taklif qilingan.
2018-yilda Qozog`iston Milliy muzeyida rangtasvir ishlari namoyish qilingan. Rassomning 3ta asari muzeyda doimiy kollektsiya sifatida saqlanadi. “Chjan Biyunning moybo`yoq asarlari kollektsiyasi”, “Chjan Biyun ishlari kollektsiyasi” nomli monografiyalari e`lon qilingan.
Chjan Biyun – Xitoyning o`ziga xos uslubga ega zamonaviy rassomidir.
Rassom, shuningdek, Rossiya Rassomlar uyushmasi a'zosi, Xalqaro rassomlar federatsiyasi a'zosi, Chjetzyang viloyati rassomlar uyushmasi a'zosi, Chjetziyang Chjimei Badiiy Akademiyasi vitse-prezidenti.
Ko`rgazma joriy yilning 17-yanvarigacha davom etadi.