Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
close-icon

Monday - Friday, 09:00 - 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

1-aprel kuni AOKAda oʻtkazilgan brifingda Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi bosh ilmiy kotibi Feruza Abidjonova bu haqida ma'lum qildi.

 I. IJODIY YO‘NALISHDA

 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 21 fevraldagi PF-37-son Farmoni 1-ilovasi bilan tasdiqlangan «Oʻzbekiston-2030» strategiyasining Har bir insonga oʻz salohiyatini roʻyobga chiqarish uchun munosib sharoitlar yaratish yoʻnalishi boʻyicha 2024 yilga moʻljallangan amaliy tadbirlar rejasi”ning 43-maqsad ijrosi yuzasidan 2024 yilning 10 avgust - 10-sentyabr kunlari Toshkent shahrida «Toshkent-2024» 3 (uchinchi) xalqaro haykaltaroshlik simpoziumi oʻtkazidi. Simpoziumda jami 27 ta ijodiy loyihalar bilan 15 ta xorijiy davlatlardan 20 nafar, Oʻzbekistondan 7 nafar haykaltaroshlar ishtirok etishdi.

  2024 yil davomida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Nukus shahri, viloyatlar va Toshkent shahri markazlarida taniqli ijodkorlar, ijodkorlar va yosh ijodkorlarning ijodini namoyish etishga qaratilgan va turli mavzularga bagʻishlangan 445 ta ijodiy koʻrgazmalar tashkil etildi.  Oʻzbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a'zosi, haykaltarosh Bahrom Norboev tomonidan yaratilgan Botir Zokirovning monumental haykali Toshkent shahridagi Olmazor koʻchasiga oʻrnatildi. Aprel oyida Oʻzbekiston xalq artisti Botir Zokirov xotirasiga bagʻishlangan tadbirlar doirasida haykalning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Aprel oyida shuninggdek, Xalqaro Anjumanlar saroyida Oʻzbekiston xalq artisti Botir Zokirov hayoti va ijodiga bagʻishlangan ijodiy asarlar koʻrgazmasi ekspozisiyasi namoyish qilindi.  Joriy yilning 18- iyul kuni Markaziy koʻrgazmalar zalida buyuk turkman shoiri va mutafakkiri Maxtumquli Firogʻiy tavalludining 300 yilligiga bagʻishlangan badiiy koʻrgazmasi oʻtkazidi. 

Oʻzbekiston xalq rassomlari Oʻrol Tansiqboev tavalludining 120 yilligi, Jaloliddin Mirtojiev tavalludining 70 yilligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan san'at arbobi Rafael Matevosyanning tavalludining 100 yilligi, taniqli ijodkorlar Islam Jaqsibaev va Jollibay Izentaev tavalludining 80 yilligi, Vladimir Golubev tavalludining 100 yilligi, Sharif Azimov ijodining 50 yilligi, Aleksandr Batikovning 85 yillik yubileyi va rangtasvirchi rassom Valeriy Kuznesovning 65 yilligi, Murod Umarning 70 yoshlik yubileyi, Mirzayunus Umarovning 70 yillik yubileyi, Yusufjon Adilovning 75 yoshlik yubileyi sanalari munosabati bilan ijodiy koʻrgazmalar va xotira tadbirlari tashkil etildi. Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura san'ati muzeyida Respublika «Hunarmand» uyushmasi bilan hamkorlikda xattotlik va miniatyura asarlaridan iborat “Sohir qalam moʻ'jizasi” IV-Respublika xattotlik va miniatyura asarlari koʻrgazmasi oʻtkazildi.        Navroʻz umumxalq bayrami munosabati bilan tizim tashkilot va muassasalar tomonidan 20 dan ortiq madaniy-ma'rifiy tadbirlar tashkil etildi.  24-oktyabr kuni Oʻzbekistondagi Islom sivilizasiyasi markazi ekspozisiyasining xorijiy va mahalliy hamkorlar bilan ishlab chiqilgan istiqbolli yirik loyihalari taqdimoti doirasida “Buyuk allomalar siymosini yaratish loyihalari va ularni xalqaro darajada ommalashtirishning dolzarb masalalari” mavzusida loyihalar taqdimoti hamda ijodiy ishlar koʻrgazmasi tashkil etildi.

  2024 yil davomida “Mening armiyam-mening faxrim!”, “Eng ulug, eng aziz”, an'anaviy “Ona diyor-ranglar jilosida”, “Yosh musavvir” nomli respublika, “Oʻzbekiston-yosh rassomlar nigohida” xalqaro onlayn koʻrik-tanlovlari oʻtkazildi.

  Oʻzbekiston Respublikasi san'at arboblari, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi akademiklari, xalq ustalari hamda yosh ijodkorlar oʻrtasida 10 dan ortiq uchrashuvlar tashkil etildi.

 

II. TARGʻIBOT-TAShVIQOT YOʻNALIShI BOʻYICHA

 Oʻzbekiston tasviriy va amaliy san'atini keng targʻib etish maqsadida 2024-yilning yanvar oyida Xitoy Xalq Respublikasi poytaxti Pekin shahridagi Xitoy milliy san'at va hunarmandchilik muzeyi - Xitoy nomoddiy madaniy meros muzeyida Oʻzbekiston tasviriy va xalq amaliy san'ati koʻrgazmasi boʻlib oʻtdi. Unda oʻzbek rassomlari va ustalarining 50 ta tasviriy, 100 dan ortiq asarlari namoyish qilindi. 

 2024 yil 15-19- aprel kunlari Respublika boʻylab Xalqaro an'anaviy Tasviriy va amaliy san'at festivali oʻtkazildi.

 2024 yilning aprel-may oylarida Rossiya Badiiy akademiyasi hamda Oʻzbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi hamkorlikda Samarqand va Buxoro shahrilarida “Art Dialog” nomli xalqaro plenerlar tashkil etildi.

         Aprel oyida Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi A.Nuridinov  Turkmaniston xalq rassomi Ayxan Xadjiev tavalludining 100 yilligi munosabati bilan Ashxobodda oʻtkazilgan qator tadbirlarda qatnashdi, xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etdi va "Turkiy davlatlar rassomlarining madaniy aloqalari" mavzusida ma'ruza qildi.

  1-8 may kunlari Boku shahridagi Ozarbayjon Milliy san'at muzeyida Oʻzbekiston zamonaviy miniatyurachi rassomlarining “Oshiq darvesh” nomli koʻrgazmasi boʻlib oʻtadi. Mazkur koʻrgazma Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, Oʻzbekiston Tasviriy san'at galereyasi va Ozarbayjon Milliy san'at muzeyi hamkorligida tashgkil qilindi. 

 20-24 may kunlarii Toshkent fotosuratlar uyida Korea Respublikasi Tegu shahri Chungu tumani meri Xa Yu Kyu boshchiligidagi delegasiya Oʻzbekistonga tashrifi munosabati bilan Koreyalik rassomlar koʻrgazmasi oʻtkazildi. Unda Koreya Respublikasining Tegu shahrida faol ijod qilib kelayotgan 35 nafar rassomning 40 ta asari namoyish etildi.

 May oyida Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi A.Nuridinov Kemyong universiteti prezidenti Sin Il Xi taklifiga muvofiq Koreya Respublikasiga xizmat safarida boʻlib, mazkur oliygoh tashkil topganining 125 yilligiga bagʻishlangan tadbirlarda ishtirok etdi. Oʻzarcho uchrashuvlarda sohada hamkorlikni rivojlantirishga oid yangi loyihalar kelishib olindi. 

  Iyun oyida Bishkek shahrida Gapar Aytiev nomidagi Milliy tasviriy san'at muzeyida “Turk dunyosi ayol rassomlari” xalqaro koʻrgazmasi ochildi. Unda Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi akademigi, san'atshunoslik fanlari doktori, professor, mazkur xalqaro loyiha kuratori Kamola Oqilova,Oʻzbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasiga a'zo 2 nafar ayol rassom - Shahnoz Abdullaeva va Sarvinoz Qosimova qatnashdi.

 Iyul oyida Xitoy Xalq Respublikasining Xanchjou shahridagi Rassomchilik akademiyasi muzeyida Xitoy va Oʻzbekiston rassomlarining "Bir buyuk makon, bir farovon yoʻl" nomli koʻrgazmasi oʻtkazildi. Koʻrgazma Xanchjou Rassomlari uyushmasi, Chjeszyan Xalqaro san'at almashinuvi uyushmasi va Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi hamkorligida tashkil etildi. Koʻrgazmadan mamlakatimizning taniqli rassomlari asarlari bilan bir qatorda yosh, iqtidorli moʻyqalam sohiblari tomonidan chizilgan sara suratlar namoyish etildi. Madaniy tadbir doirasida Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi va Chjeszyan Xalqaro san'at almashinuvi uyushmasi, Xanchjou Rassomlar uyushmasi, Xanchjou Rassomchilik akademiyasi oʻrtasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish boʻyicha bir qator bitimlar imzolandi.

  Iyul oyida Qirgʻiziston Madaniyat, axborot, sport va yoshlar siyosati vazirligi va MDH Davlatlararo gumanitar hamkorlik fondi hamkorligida Qirgʻizistonning Norin viloyatida “Sharqning quyoshli palitrasi” ijodiy loyihasi oʻtkazildi. Loyihada Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi huzuridagi Rassomlik mahorat ustaxonasi stajyorlari – Bobir Vahobjonov, Timur Lashenov, Jahongir Abdullaev va Zuxriddin Kiyomov ishtirok etishdi.

  Avgust oyida Ostona shahridagi Qozogʻiston Respublikasi Milliy muzeyida Oʻzbekiston tasviriy va xalq amaliy san'ati koʻrgazmasi tashkil qilindi.  Koʻrgazmada Oʻzbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasiga a'zo 24 nafar rassomning 70 ta asari hamda hunarmandlarimiz yaratgan badiiy ijod namunalari namoyish etildi.

  Avgust oyida yana Koreya Respublikasining Tegu shahrida joylashgan Bongsan madaniyat markazida Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi huzuridagi Rassomlik mahorat ustaxonasida tahsil olayotgan yosh rassomlar koʻrgazmasi tashkil qilindi.

  Sentyabr oyida sentyabr kuni Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining Markaziy koʻrgazmalar zalida atoqli qoraqalpoq shoiri va mutafakkiri Ajiniyoz Qoʻsiboy oʻgʻli tavalludining 200 yilligi, hayoti va ijodiga bagʻishlangan kitoblar, tasviriy san'at asarlari va xalq amaliy san'ati namunalari koʻrgazmasi tashkil qilindi. 

   Oktyabr oyida Ashxobodda, Turkmaniston tasviriy san'at muzeyida Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti - TURKSOYga a'zo 6 turkiy davlat rassomlari asarlari koʻrgazmasi boʻlib oʻtdi. Ushbu xalqaro koʻrgazmada Oʻzbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasiga a'zo rassomlarimiz - Sardor Olloberganov hamda Alisher Hamdamov oʻz asarlari bilan ishtirok etdi.

  2024 yil 14-18 oktyabr kunlari “San'at va dunyo” mavzusida X Toshkent xalqaro zamonaviy san'at biennalesi oʻtkazildi. Ushub biennaleda 30 ga yaqin xorijiy davlatdan 41 ga yaqin san'at ustalari, san'atshunos olimlar hamda ijodkorlar ishtirok etdi.

 Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi tomonidan Sharqning buyuk shoiri va mutafakkiri Maxtumquli Firogʻiy tavalludining 300 yilligi keng nishonlandi, koʻrgazmalar tashkil qilindi.

 2024 yilning 23-28 dekabr kunlari Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyida “Toshkent quvonchlari” X Xalqaro bolalar rasmlari biennalesi oʻtkazildi. 24 ta xorijiy davlatdan 1000 ga (mingga)  yaqin ijodiy ish qabul qilindi.

 

III. BADIIY TALIM YOʻNALISHIDA

 2024/2025 oʻquv yiliga moʻljallangan tayanch oʻquv rejasi va dasturlarini ishlab chiqilib amaliyotga joriy etildi.

Joriy yilning avgust oyida Kamoliddin Behzod nomidagi Davlat stipendiyasini tayinlash boʻyicha tanlov oʻtkazildi. Tanlovda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan 7 nafar iqtidorli va ijodkor talabalarga tegishli tanlov yoʻnalishlari boʻyicha stipendiya tayinlandi.

1-oktabr oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan “Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi fidoyisi” koʻkrak nishoni bilan 26 nafar professor-oʻqituvchilar taqdirlandi.

2024 yilning yanvar-dekabr oylari davomida 492 nafar tinglovchi qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida tahsil oldi. Shundan, 409 nafari malaka oshirgan va 83 nafari qayta tayyorlash kurslarida tahsil olishdi.

Tizim boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tasviriy, amaliy san'at, qogʻoz texnologiyasi, xattotlik, abru va miniatyura san'ati ustalari ishtirokida 150 dan ortiq mahorat darslari tashkil etildi.

 

IV. ILMIY YOʻNALISh BOʻYICHA

Ixtisoslashtirilgan san'at maktablari hamda maktab-internatlari uchun jami

 30 nomda oʻquv adabiyotlar nashrga tayyorlanib chop etildi.

Rassomlik mahorat ustaxonasi (Oliy rassomlik kursi) stajyor tatqiqotchilari 2024 yil II-yarim yillik yakuni boʻyicha attestasiyadan oʻtkazildi.

19-20-sentabr kunlari Jollibay Izentaev nomidagi Qoraqalpogʻiston Respublikasi ixtisoslashtirilgan san'at maktab-internatida “Sahro palitrasidan yaralgan Qoraqalpoq tasviriy san'atining badiiy ta'limdagi oʻrni” mavzusida respublika seminari oʻtkazildi.

Ixtisoslashtirilgan san'at maktablari hamda maktab-internatlaridan tasviriy va amaliy san'at, dizayn yoʻnalishlari boʻyicha 197 nafar, musiqa yoʻnalishlari boʻyicha 36 nafar, san'atshunoslik boʻyicha 9 nafar hamda umumta'lim fanlaridan 127 nafari, jami 369 nafar pedagog xodimlar attestasiyadan oʻtkazildi.

Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi huzuridagi badiiy ta'lim yoʻnalishlarida pedagog va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish markazida “Badiiy ta'lim va pedagogika” ilmiy jurnali tashkil qilindi.

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti Oʻqituvchilarining 317 ta xalqaro, 243 ta respublika jurnallarida, 184 ta respublika konferensiyalarida maqola va 7 ta monografiya nashr etildi.

«San'at» jurnali tomonidan “Maqolalar suhbatlar, taqrizlar, “Jivopis. Grafika”, “Qogʻoz va Badiiy ifoda”,kitob-albomlari hamda 38 ta ilmiy maqolalar chop etildi.

Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi huzuridagi Badiiy ta'lim yoʻnalishlarida pedagog va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish markazi tomonidan 2 ta xorijiy oliy ta'lim muassasalari bilan memorandumlar imzolandi.

2024-yilda 2 nafar ijodkor “Oʻzbekiston Respublikasi xalq rassomi”, 3 nafari «Doʻstlik» ordeni bilan mukofotlandi. Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nuridinov Yaponiya imperatorining "Chiqayotgan quyosh ordeni, Oltin nurli boʻyin tasmasi"  ordeni bilan taqdirlandi.

Undan tashqari tizimda faoliyat yuritayotgan xodimlardan 5 nafari  “Madaniyat va san'at fidokori” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.