Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGIDA DAVLAT RO‘YXATIDAN O‘TKAZILDI.
RO‘YXAT RAQAMI: 3569
2024 - yil 05 - Noyabr
O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH AGЕNTLIGI DIRЕKTORINING BUYRUG‘I
"Mavjud manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi xabarnoma, ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi deklaratsiyalar va manfaatlar to‘qnashuvini hisobga olish reyestrining namunaviy shakllarini tasdiqlash haqida"
O‘zbekiston Respublikasining "Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonunining 9-moddasiga muvofiq buyuraman:
1. Mavjud manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi xabarnoma, ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi deklaratsiyalar Va manfaatlar to‘qnashuvini hisobga olish reyestrining namunaviy shakllari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan kelishilgan.
3. Ushbu buyruq 2024 yil 6 dekabrdan e’tiboran kuchga kiradi.