Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
Zamonaviy san’at biyennalesi jahonda zamonaviy tasviriy san’atda yuz berayotgan jarayonlarni amalda namoyish etish orqali xalqlar о‘rtasida dо‘stlik va hamkorlik rishtalarini yanada mustahkamlash maqsadida tashkil etiladi.
Bu yilgi X Toshkent Xalqaro zamonaviy san’at biennalesi doirasida о‘tkaziladigan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaning yо‘nalishlari tasviriy san’atning postmodern, videoart, fotoart, installyatsiya, perfomans, modern art, contemporary art turida ijod qilayotgan rassomlarning о‘ziga xos asarlarini tasvirlash, tasniflash va tadqiq etishning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan bо‘lib, biennale mavzusiga mos “San'at va dunyo” prizmasida ochib berishga qaratiladi.
Konferensiyaning asosiy maqsadi bugungi kunda ijod qilayotgan rassomlarning asarlaridagi san’at va zamonaviy voqe’lik tushunchasi, ya’ni ijodiy asarlar orqali turli tо‘qnashuvlar, ekologiya va uni saqlash, axloq, madaniyat, geosiyosat kabi turli xil qarashlarning ifodalanishiga qaratilgan bо‘lib, ularni targ‘ib etishda texnogen sivilizatsiya, sun’iy intelekt jarayonlari ta’sirida qolgan zamonaviy dunyoda san’atning aks etishi muammolari va istiqbollariga bag‘ishlanadi.
X Toshkent xalqaro zamonaviy san’at biennalesi doirasida bugun 16-oktyabr kuni Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi ma’muriy binosida X Toshkent xalqaro zamonaviy san’at biennalesi doirasida “Zamonaviy san’atda milliylik va universallik: Tushunish va talqin etishning о‘ziga xosligi” Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi о‘tkazildi.
Bahrayn Madaniyat va qadimiy yodgorliklar boʻyicha maʼmuriyati prezidenti va Jahon merosi boʻyicha arab mintaqaviy markazi (ARC-WH) kengashi raisi Sheyxa Mai Bint Moxammed al Xalifa, San’atshunoslik fanlari nomzodi, professor, S.G. Stroganov nomidagiakademiyasi Moskva davlat san’at-sanoati instituti San’at va gumanitar fanlar tarixi kafedrasi mudiri, Rossiya Badiiy akademiyasining muxbir a’zosi Kirill Gavrilin, Falsafa fanlari doctor (Phd), sanʼatshunoslik fanlari nomzodi, Xalqaro kо‘rgazmalar kuratori Mexbara Abbosova, Avstraliyalik rassom Ketrin Sara Yung, Turkiya Kastamonu universiteti Tasviriy san’atva dizayn fakulteti kulolchilik va shisha bо‘limiprofessori Seyhan Yilmaz, San’atshunoslik fanlarinomzodi, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti professori Ravshan Fathullayev, Biennale kuratori, San’atshunoslik fanlari bо‘yicha falsafa doktori Suhrob Qurbonov va boshqa bir qator soha mutaxassislari ishtirok etishdi.
“Zamonaviy san’atda milliylik va universallik: Tushunish va talqin etishning о‘ziga xosligi” mavzusiga doir bо‘lgan ma’lumotlar tashrif buyurganlarda yangi kо‘nikmalarni shakllantirdi.