Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
close-icon

Понедельник – Пятница, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

Bugun, 26-avgust kuni Toshkent fotosuratlar uyida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining  33 yilligiga bag‘ishlangan an'anaviy "Eng ulug‘, Eng aziz" Respublika ko‘rik-tanlovining tasviriy san'at, dizayn va foto yo‘nalishi ko‘rgazmasining ochilish marosimi bo'lib o'tdi.✅

Mazkur ko'rgazma O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining o'ttiz uch yilligiga bag'ishlangan "Eng ulug' - eng aziz" an'anaviy ko'rik-tanlovini o'tkazish chora-tadbirlari tog'risida" 2024-yil 18-iyuldagi PQ-264-qaror ijrosini ta'minlash hamda 2024-yil - "Yoshlar va biznesni qo'llab quvvatlsh yili" bo'yicha qabul qilingan davlat dasturi doirasida olib borilayotgan islohatlarning mazmun-mohiyatini tushuntirish, yurtimiz hayotining turli sohalarida amalga oshirayotgan keng ko'lamli demokratik islohatlar, yurtdoshlarimizning turmushini yaxshilash, dunyoqarashini yuksaltirishga xizmat qilayotganini "Bir bo'lsak - yagona xalqmiz, birlashsak - Vatanmiz!" degan ezgu g'oyani o'zida mujassam etgan holda keng targ'ib qilish maqsadida o'tkazilmoqda.☑️

🇺🇿Mamlakatimiz erishayotgan yutuq va marralar dunyo hamjamiyati tomonidan keng e'tirof etilayotgani, biz qo'lga kiritayotgan bunday yuksak natijalarning asosiy omili va mezoni sifatida, birinchi navbatda, xalqimizning fidokorona mehnati, siyosiy ongi, ijtimoiy faolligi ortib borayotganligi o'z ifodasini topgan asarlarni ijod qilishga chorlash va ularning mualliflarini e'tirof etish va rag'batlantirish maqsadida "E'ng ulug', eng aziz" an'anaviy ko'rik- tanlovining tasviriy san'at, foto va dizayn ishlari yo'nalishi bo'yicha jami 35 nafar muallif, 720 dan ortiq ijodiy ishlar bilan ishtirok etishdi. Ijodiy ishlar hay'at a'zolari tomonidan chuqur o'rganilib, g'oliblar aniqlandi.✔️