Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
close-icon

Понедельник – Пятница, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

16-avgust kuni Toshkent fotosuratlar uyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 18 yanvarda qabul qilingan “2017 - 2021 yillarda Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish davlat dasturi to‘g‘isida”  PQ-2731-son qarori  ijrosini ta’minlash maqsadida “Mo‘ynoq: kecha, bugun, ertaga” nomli fotoko‘rgazmaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ko‘rgazma Orol dengizining hozirda qurib, sho‘r bosgan hududidan olingan professional fotograflar Viktor An va Hamdam Shorahmedovning Orol fojeasini ko‘rsatuvchi badiiy fotografiyalari va O‘zbekiston Milliy Axborot agentligi fotomuxbirlari Orol bo‘yi shaharlarining bugungi tiklanishlari va yutuqlari haqida hikoya qiluvchi suratlari namoyish etildi.

Viktor An fotoasarlarining oq-qora rangdaligi mavzuni tomoshabinga yanada batafsilroq yetkazib, fojeani yanada keskinlashtiradi, insonlarda achinish va ogohlik hissini uyg‘otadi. Hamdam Shorahmedovning fotosuratlarida esa ramziy unsurlarga manzara mohiyatini sharhlash vazifasi yuklatiladi: eskirib, chirib ketgan sahro kemalari, tuz va chang-to‘zonli zamin, barq urib kelayotgan sahro saksovullari va moviy osmon, quyoshning iliq nurlari. Bir qarashda ziddiyatli manzara hosil qilayotgan bu unsurlar o‘lim va undan keyin, albatta, hayot, tiriklik qaytishini ta’kidlaydi.