Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
close-icon

Понедельник – Пятница, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

Bugun, 26-iyun kuni O‘zbekiston Badiiy akademiyasining Markaziy koʼrgazmalar zalida “Navqiron O‘zbekiston!” ijodkor yoshlar respublika amaliy sanʼat ko‘rgazma-tanlovi boshlandi.

✔️Tadbirni O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi raisi I. Valiho'jayev ochib berdi. 

✔️Uyushma raisi o'z so'zida  "Navqiron O‘zbekiston!" ko‘rgazma-tanlovining  maqsad va vazifalari sanʼat olamiga  kirib kelayotgan yosh ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash, ular ijodini  rivojlantirishga  ko‘maklashish,  isteʼdodlarini ro‘yobga chiqarish,  ijodini keng targ‘ib qilishga qaratilganini ta'kidladi.

✔️Ushbu ko‘rgazmada Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan  zamonaviy sanʼat  asarlari yaratishda  faollik  ko‘rsatayotgan 23 yoshdan 35 yoshgacha 70 nafarga yaqin isteʼdodlarning 200 dan ziyod amaliy sanʼatga oid  ijodiy ishlari namoyish qilinmoqda. 

✔️Ko‘rgazma dasturida taniqli amaliy san'at ustalarining mahorat darslari ham bo‘lib o‘tadi. 

☑️ “Navqiron O‘zbekiston!”  ko‘rgazma-tanlovi g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi joriy yil 28-iyun kuni Markaziy koʼrgazmalar zalida tashkil qilinadi.

 

“Navqiron O‘zbekiston!” ijodkor yoshlar respublika amaliy sanʼat ko‘rgazma-tanlovining 1-kuni doirasida:✅

“Yog‘och o‘ymakorlik” san’ati bo‘yicha O‘zbekiston xalq ustasi, akademik Toirxo‘ja Fayzullayev va shogirdlari☑️

“Zargarlik” san’ati bo‘yicha O‘zbekiston xalq ustasi Fasixiddin Dadamuhamedov☑️

“Gobelen – gilam to‘qish” san’ati bo‘yicha Nilufar Bekjanovalarning mahorat darslari tashkil etildi!☑️