Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
close-icon

Понедельник – Пятница, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

Davlatimiz rahbarining “O‘zbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini rivojlantirish va yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 16-avgustdagi PQ-3219-son qarori, Vazirlar Mahkamasining joriy yil 25-avgustdagi 25-son bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida 14-18-oktabr kunlari 2024-yil - Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yiliga bag‘ishlangan   “San’at va dunyo” mavzusida  X Toshkent xalqaro zamonaviy san’at biyennalesi tashkil etilmoqda.
 

Milliy san’atimizning bugungi salohiyati va rivojlanishini, zamonaviy tasviriy san’atda yuz berayotgan jarayonlarni keng targ‘ib etishga xizmat qiladigan joriy yilgi xalqaro biyennaleda 30 ga yaqin  xorijiy davlat hamda mahalliy tasviriy san’at vakillari ishtirok etishi kutilmoqda. Biyennale doirasida san’at ustalarining ko‘rgazmalari, badiiy loyihalar, xalqaro anjuman uyushtiriladi.
 

BIENNALE DASTURI

Birinchi kun
14 oktyabr, dushanba
(Toshkent)
     

 

  • 14.00–16.00 - «X-Toshkent Xalqaro zamonaviy san’at Biyennalesi”niga ishtirokchilarning ruyxatga olish («O‘zbekiston» mexmonxonasi).
     
  • 17.00–18.00 – Markaziy ko‘rgazmalar zalida «X Toshkent Xalqaro zamonaviy san’at Biyennalesi”ning ochilish marosimi.
     
  • 18.00 – 19.00 – Zamonaviy san’at rassomlarining “San’at va dunyo” ko‘rgazmasining ochilishi
    (Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq Miniatyura san’ati muzeyi).

 

Ikkinchi kun 
15 oktyabr, seshanba
(Toshkent)

  •  
  • 11.00 – 12.00 - Yevroosiyo rassomlari ko‘rgazmasining ochilishi
    (O‘zbekiston tasviriy san’at galereyasi).  

     
  • 14.00 – 15.00 – Mashhur avstraliyalik rassom Katerin Sara Yang tomonidan yosh rassomlar uchun mahorat darsi
    (Markaziy ko‘rgazmalar zali konferens zali).

     
  • 15.00 - 16.00 - Polshalik rassom Titus Brozovskining yosh rassomlar uchun mahorat darsi
    (Markaziy ko‘rgazmalar zali konferens zali).

     
  • 17.00 – 18.00 – O‘zbekiston-Yevropa fotorassomlari ko‘rgazmasining ochilishi
    (Toshkent fotosuratlar uyi).

 

Uchinchi kun 
16 oktyabr, chorshanba
(Toshkent)

 

 

  • 10.00 – 15.00 – San’atshunos olimlar ishtirokida “Zamonaviy san’atda milliylik va universallik: tushunish va talqin etishning o‘ziga xosligi” nomli Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasining ochilishi
    (Qatag‘on qurbonlari xotira muzeyi konferens zali).    
     
  • 14.00 – 15.00 – Ruminiyaning «Efemer aks-sadolari» perfomansining namoyishi
     
    (Markaziy kurgazmalar zali).

     
  • 15.00 – 16.00 – O‘zbekistonlik rassom Sh.Abdumalikovning “Ijodiy fikrlash va badiiy loyihani yaratish” mavzuidagi Bootcamp (maxorat darsi)
    (Markaziy kurgazmalar zali konferens zali).

     
  • 17.00   - 18.00 - Sharqiy Osiyo va O‘zbekiston rassomlari ko‘rgazmasining ochilishi
    (Ikuo Xiroyama nomidagi Xalqaro madaniyat karvon saroyi).

     

To‘rtinchi kun 
17 oktyabr, payshanba
(Samarqand)

 

  • 08.00 – 10.00 – Biyennale ishtirokchilari Samarqandga yo‘l olishadi.
  • 10.00 – 13.00 - Samarqand shahrini ziyorat qilish.
  • 13.00 – 14.00 - tushlik.
  • 14.00 – 17.00 - Samarqand shahrining ziyorat qilish.
  • 17.30 -  19.30 - Toshkentga qaytish.

 

Beshinchi kun 
18 oktyabr, juma
(Toshkent)

     

  • 09.30 – 13.00 – Toshkent shahri bo‘ylab sayohat.    
     
  • 14.30 – 15.30 – Buyuk Britaniyalik rassom Shteffi Klens tomonidan “Buyuk Britaniya zamonaviy san’ati” mavzuidagi ma’ruzasi
    (K.Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti konferens zali).
     
  • 17.00–18.00 - Markaziy ko‘rgazmalar zalida “X Toshkent Xalqaro zamonaviy san’at Biyennalesi”ning tantanali yopilish marosimi.