Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
close-icon

Понедельник – Пятница, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

Korrupsiya - kelajakka tahdit

O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 3-yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘RQ-419-son Qonuni hamda Prezidentning 2022-yil 12-yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi PQ-81-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida О‘zbekiston Badiiy akademiyasi Tashkiliy-tahliliy bо‘limi boshlig‘i, Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat mas’ul xodimi – J.Eshmuminov tomonidan 2025-yilning 13-oktabr kuni Xorazm Ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internatida “Korrupsiyaga qarshi  birga kurashamiz!” mazusida seminar-treningi о‘tkazildi.

Treningda korrupsiyaning kelib chiqish omillari, oldini olish choralari va bartaraf etish usullari hamda kelajak avlodni vatanga sadoqat va uning qonunlariga ishonch asosida tarbiyalash borasida tushuntirish ishlari olib borildi.