Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
close-icon

Понедельник – Пятница, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

TAYINLOV!

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisining tegishli buyrug‘iga asosan Axmedova Madina Valijonovna tasarrufdagi Buxoro ixtisoslashtirilgan sanʼat maktab-internati direktori lavozimiga tayinlandi. 

M.Axmedova 1983-yilda Buxoro shahrida tavallud topgan. 

2006-yilda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tasarrufidagi Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutini tamomlagan. 

2006-2018-yillar davomida  Buxoro viloyat ilmiy metodik markazi, Buxoro viloyat teleradiokompaniyasi, Muxtor Ashrafiy nomidagi sanʼat kolleji, Buxoro ixtisoslashtirilgan sanʼat maktab-internatida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan. 

Tayinlovga qadar Buxoro ixtisoslashtirilgan sanʼat maktab-internatida O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimida ishlab keldi.