Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
close-icon

Понедельник – Пятница, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

6-avgust kuni  Ostona shahridagi Qozog‘iston Respublikasi Milliy muzeyida O‘zbekiston tasviriy va xalq amaliy sanʼati ko‘rgazmasining ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

Mazkur ko'rgazma O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘iston Respublikasiga davlat tashrifi doirasida Qozog‘iston Respublikasi Madaniyat va axborot vazirligi hamda O‘zbekiston Badii akademiyasi hamkorligida ikki mamlakat o‘rtasida mustaqillik yillarida rivojlangan madaniy va axborot muloqotlarini davom ettirish maqsadida tashkil qilinmoqda.

Ko'rgazmada rassomlarimiz qadimgi Sharq, she’riyat va tarix afsonalaridan ilhomlangan ishqiy tasvirlardan zamonaviy rangtasvir asarlarigacha, hunarmandlarimizning yurtimizning goʻzal tabiati va xalq hayotining oʻziga xos jihatlarini o'zida mujassam etgan badiiy ijodiy ishalri o'rin olgan.

Ochilish marosimida O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur so'zga chiqdi:

"Qozog‘iston Respublikasi Milliy muzeyida ushbu ko‘rgazmaning o‘tkazilishi umumiy tarix, madaniy va ma’naviy qadriyatlar, an’ana va urf-odatlarga ega qardosh O‘zbekiston va Qozog‘iston xalqlari o‘rtasidagi muloqotning yana bir amaliy ifodasi hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev o‘rtasida o‘tkazilgan bir necha uchrashuv va muzokaralar mamlakatlarimiz o‘rtasida global va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalarda tinchlik, farovonlik va barqarorlikni mustahkamlash, yaxshi qo‘shnichilik aloqalarini yanada rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

Mazkur ko'rgazma ko‘p asrlik do‘stlik rishtalari bilan chambarchas bog‘langan O‘zbekiston va Qozog‘iston davlatlari o‘rtasidagi madaniy hamkorlikning bugungi kundagi darajasini, ko‘lamini  ko‘rsatishga qaratilgan. Zero, tasviriy san’at sohasida ham ijodiy aloqalarimiz yil sayin izchil rivojlanib bormoqda!"