close-icon

Понедельник – Пятница, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

28-aprel kuni Toshkent Fotosuratlar uyida O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, iste’dodli yosh rassom Abrorbek Izzatullayev va uning shogirdi Bashoratxon Jamoliddinovaning “Ilk qadam” nomli shaxsiy ko‘rgazmasi ochildi.

🖼️ Ko‘rgazmada ijodkorlarning qariyb 60 ga yaqin asarlari namoyish etildi. Ekspozitsiya “ustoz-shogird” an’anasi asosida shakllantirilgan bo‘lsa-da, u deyarli teng ijodiy makon tamoyiliga asoslangan bo‘lib, rassomlar o‘rtasida ochiq badiiy muloqot muhitini yaratadi.

🎨 Ko‘rgazmada Abrorbek Izzatullayevning manzara, portret va kompozitsiya janridagi asarlari namoyish etilib, uning kasbiy ijodiy qamrovi kengligini ko‘rsatadi.

🌿 Ustoz asarlari fonida Bashoratxon Jamoliddinovaning akvarel ishlari oddiy o‘quv ishlari sifatida emas, balki mustaqil va yaxlit badiiy asarlar sifatida qabul qilinadi. Bu esa uning ijodiy salohiyatining erta bosqichdayoq shakllanib borayotganini anglatadi.

📌 Ko‘rgazma san’atda pedagogika va ijodiy erkinlik uyg‘unligi muhimligini ko‘rsatib, ustoz yo‘naltirishi shogirdning mustaqil badiiy ifodasi uchun zamin yaratishini yaqqol namoyon etadi.

👤 Abrorbek Izzatullayev — Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti bitiruvchisi, O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, respublika va xalqaro ko‘rgazmalar ishtirokchisi, bir qator mukofotlar laureati. Hozirda Respublika ixtisoslashtirilgan dizayn maktabida faoliyat yuritadi.

👩‍🎨 Bashoratxon Jamoliddinova — Respublika ixtisoslashtirilgan dizayn maktabining rangtasvir va kompyuter grafikasi yo‘nalishi talabasi. U ko‘rgazmalar, tanlovlar hamda har yili o‘tkaziladigan Game Fest tadbirlarida faol ishtirok etib kelmoqda.