Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
close-icon

Понедельник – Пятница, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

Bugun Yozuvchilar uyushmasida O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a'zosi, fotorassom Sultonboy Dehqonovning "Adabiyot va hayot" nomli ko‘rgazmasining ochilish ma'rifiy tadbiri bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining o‘ttiz uch yilligiga bag‘ishlangan mazkur ko‘rgazma Toshkent fotosuratlar uyi ko‘magida O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Badiiy ijodkorlar uyushmasi hamda Yozuvchilar uyushmasi hamkorligida tashkil qilindi.

Muallif ko‘rgazma ekspozitsiyasiga zamonaviy o‘zbek adabiyoti rivojiga katta hissa qo‘shayotgan taniqli shoir va yozuvchilarning nur va soya chizgilari orqali badiiy ifodalangan fotoasarlarini o‘quvchilar e'tiboriga havola etdi.

Shu bilan yoshlar qalbida adabiyot fidoyilariga havas uyg‘otish, faxr tuyg‘ularini shakllantirish ko‘rgazmaning asosiy g‘oyasini tashkil etadi.

So‘zga chiqqan Yozuvchilar uyushmasi raisi, xalq shoiri Sirojiddin Sayyid ko‘rgazmaning ahamiyati haqida gapirib, muallif ijodiga omad tiladi.

Tadbirda ishtirok etgan xalq shoiri Usmon Azim, “Ma'naviy hayot” jurnali bosh muharriri Eshqobil Shukur, O‘zBIU fotorassomlar sho‘basi raisi Rustam Sharipov ko‘rgazmada namoyish etilayotgan asarlarning mazmun-mohiyati haqida fikr bildirdilar.

Ko‘rgazma davom etmoqda.