Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
close-icon

Понедельник – Пятница, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

Ilhom Jabborov 1945 yilning 30 iyunida O‘rta Chirchiq tumanida tavallud topgan. 

Atoqli haykaltarosh to‘rt yil mobaynida Pavel Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurtining teatr butaforiyasi bo‘limida tahsil oladi .

Bilim yurtidagi o‘qishni yakunlagach, Namangan teatriga yo‘llanma oladi va ishga boradi. 1966 yilda Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutining haykaltaroshlik fakultetiga o‘qishga kiradi. Bu yerda u taniqli haykaltarosh Anvar Ahmedovdan saboq oldi. 1971 yilda ushbu institutni tamomlaydi.

Ilhom Jabborov 1995 yildan eʼtiboran Pavel Benkov nomidagi Respublika rassomlik kollejida o‘qituvchi sifatida faoliyat olib borgan. 1997 yildan Milliy rassomlik va dizayn institutida haykaltaroshlik ustaxonasi rahbari, professor, O‘zbekiston Badiiy akademiyasining akademigi (1997), “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sanʼat arbobi”  (1989), “Mehnat Shuhrati” ordeni sovrindori (2001), Davlat mukofoti laureati. 

Haykaltarosh tomonidan Toshkent (1993 yil), Samarqand (1996), Shahrisabz (1996) shaharlaridagi  Amir Temurga atab yaratilgan haykallar, Ahmad al-Farg‘oniyga bag‘ishlab Farg‘ona va Quva shaharlarida o‘rnatilgan yodgorliklar (1998), Urganchdagi “Jaloliddin Manguberdi” (1999), “Motamsaro ona” (Toshkent, 1999), “Ibn Sino” (Belgiya 2000), “Nizomiy Ganjaviy” (Toshkent, 2004), “Baxtiyor ona” (Toshkent, 2005), “Abdulla Qahhor” (Toshkent, 2007), “Ko‘hna va boqiy Buxoro” monumenti (Buxoro, 2010) kabi mahobatli haykaltaroshlik namunalari yaratilgan.Ustoz haykalatroshni tavallud kuni bilan samimiy qutlaymiz!