Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
Buxoro ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internatida O‘zbekiston Badiiy akademiyasi akademigi, professor Marina Borodino bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv san’atga mehr qo‘ygan o‘quvchilar uchun katta ilhom manbai bo‘ldi.
Tadbir davomida M. Borodino haykaltaroshlik san’ati, ijod jarayoni, g‘oya va shakl uyg‘unligi haqida so‘z yuritdi. U o‘zining ijodiy yo‘li, ilhom manbalari, haykaltaroshlikda ishlatiladigan materiallar hamda zamonaviy yo‘nalishlar haqida qiziqarli ma’lumotlar berdi.
O‘quvchilar haykaltaroshga o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berishdi va professional san’atkor bilan yaqin muloqot qilish imkoniga ega bo‘lishdi. Tadbir davomida ijod, mehnatsevarlik, sabr-toqat va san’atga sadoqat kabi qadriyatlar haqida iliq fikrlar bildirildi.
Uchrashuv davomida o‘quvchilarga mahorat darsi o‘tkazildi. Dars jarayonida qiziqish bildirgan yoshlar noodatiy haykaltaroshlik texnikasida qiziqarli niqoblar yasashdi. Bu esa ularning san’atga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirib, ularni ijodiy izlanishga undadi.