Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
close-icon

Понедельник – Пятница, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi, O‘zbekiston xalq rassomi, akademik, Koreya Respublikasining Kemyong universiteti faxriy doktori, professori  Akmal Nur va Kemyong oliygohi prezidenti Synn Ilhi o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muloqotda hamkorlik aloqalari to‘g‘risida fikr almashildi.

Janubiy Koreyaning yetakchi xususiy oliygohlaridan biri bo‘lgan  Kemyong universiteti 1899 yilda Tegu shahrida tashkil etilgan, 32 ta bakalavriat va 13 ta magistratura fakultetlari, 34 ta ixtisoslashgan, shu jumladan, badiiy ijod bo‘yicha institutlari bor.

Kemyong — dunyoning ko‘plab davlatlari qatorida O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tasarrufidagi Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti bilan taʼlim sohasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan. 

Bundan tashqari, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi huzuridagi Badiiy taʼlim yo‘nalishlarida pedagog va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish markazi va Kemyong universiteti huzuridagi Tasviriy sanʼat kolleji o‘rtasida ham hamkorlik bitimi  imzolangan.

Joriy yilda esa hamkorlikda  “San’at va madaniyat” mavzusida o‘zbek va koreys musavvir talaba yoshlari o‘rtasida birinchi ijodiy tanlov o‘tkazilib, "Akademiya" galereyasida ushbu tanlov ko‘rgazmasi tashkil qilindi, g‘oliblar an'anaviy Xalqaro tasviriy va amaliy san'at festivali doirasida taqdirlandi.

Har ikki muassasaning loyihalarida ishtirokchilar soni ortib borayapti. 

Shulardan  kelib chiqqanda, o‘tgan davrda birgalikda qo‘l urilgan ishlar salmoqli ekani muloqotda etirof etildi, istiqbolda hamkorlik ko‘lamdor bo‘lishi ta'kidlandi.