O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Andijon viloyati Bobur shahrida rassomlar festivalini tashkil etish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”
2025-yil 30-dekabrdagi 843-son qaroriga muvofiq, 2026-yilning may oyida Andijon viloyati Bobur shahrida rassomlar festivali tashkil etiladi.
📆 Festivalda ishtirok etishni istagan nomzodlar 2026-yilning 1-fevraliga qadar festivalda qatnashish uchun Tashkilotchilarga quyidagi hujjatlarni topshirishlari lozim:
📌 ma’lumotnoma (rezyume);
📌 3 dona 6 × 9 o‘lchamdagi rangli fotosurat;
📌 tasviriy san’at sohasida yetarli tajribaga ega ekanligini tasdiqlovchi, respublikamizda yoki xorijiy davlatlarda o‘tkazilgan sohaga oid festival va ko‘rgazmalarda ishtirok etilganligi haqidagi guvohnoma, diplom va sertifikatlar nusxalari;
📌 nomzod tomonidan yaratilgan tasviriy san’at yo‘nalishidagi kamida 10 dona ijodiy asarning sifatli fotosuratlari hamda ularni yaratish jarayonlari aks ettirilgan elektron nusxa.
📌 Manzil: Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Sharof Rashidov ko‘chasi, 40-uy, Badiiy ko‘rgazmalar direksiyasi binosi.
📱 Aloqa uchun telefon: (71) 256-51-46
📝 Festivalda ishtirok etish uchun nomzodlar rangtasvir, badiiy foto, haykaltaroshlik va grafika yo‘nalishlarida ijodkor sifatida yetarli tajribaga ega bo‘lishlari maqsadga muvofiq.
🏆 “Gran-pri”;
🏅 “Eng yaxshi rangtasvirchi rassom”;
🏅 “Eng yaxshi haykaltarosh”;
🏅 “Eng yaxshi fotorassom”;
🏅 “Eng yaxshi grafik rassom”.
🎁 Festival g‘oliblari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovg‘asi sifatida:
O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan yengil avtomobil (Chevrolet Onix yoki shu klassdagi boshqa avtomobil — Gran-pri sohibiga),
diplom,
festivalning ramziy haykalchasi,
pul mukofotlari
bilan taqdirlanadi.
Festivalning har bir ishtirokchisiga Tashkiliy qo‘mita tomonidan
“Rassomlar festivalining faol ishtirokchisi” sertifikati topshiriladi.
☎️ Ma’lumot uchun aloqa raqamlari:
(71) 256-51-46
(71) 256-05-47
(71) 232-17-66