close-icon

Понедельник – Пятница, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

Joriy yilning 7–8-aprel kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal’a tumanida o‘tkazilgan “Aqchako‘l ilhomlari” respublika tanlovining tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tanlovda tasviriy san’at yo‘nalishida Jartibayev Oralbay (Qoraqalpog‘iston) faxrli 1-o‘ringa munosib topildi, Ergashev Sardor (Farg‘ona) 2-o‘rin, Kenjayev Begzod (Andijon) esa 3-o‘rinni egalladi.

Bundan tashqari, tanlovda har bir viloyatdan kelib faol ishtirok etgan qatnashchilar O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, Yozuvchilar uyushmasi hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining diplom va maxsus esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.