Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
Yurtimizda O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi keng nishonlanmoqda.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan taʼsis etilgan 11 noyabr – O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni nainki soha vakillarining, balki butun xalqimizning o‘ziga xos unutilmas katta bayramiga aylandi.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi munosabati bilan ushbu yubiley sanani tantanali nishonlash, soha faollarini maʼnaviy rag‘batlantirish maqsadida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan “O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining 120 yilligi” esdalik nishoni taʼsis etildi.
Turli kasb va sohalar bo‘yicha, shular qatorida, sog‘liqni saqlash, ilm-fan, madaniyat va sport sohalarini rivojlantirish, kasaba uyushmalarining nufuzini yuksaltirishga munosib hissa qo‘shayotgan bir guruh hamyurtlarimizga “O‘zbekiston kasaba uyushmalarining 120 yilligi” esdalik nishoni topshirildi.
Jumladan, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Ijroiya qo‘mitasining tegishli qaroriga binoan O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur hamda Badiiy akademiya raisi o‘rinbosari Farhod Tashmuxamedov “O‘zbekiston kasaba uyushmalarining 120 yilligi” esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Mazkur esdalik ko‘krak nishoni sohiblarini muborakbod etamiz!