Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
close-icon

Понедельник – Пятница, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

13-aprel kuni xizmat safari bilan Andijon viloyatiga borgan Badiiy akademiya raisi Akmal Nur Yangi Andijon shahrida bo‘ldi. 

Rais shaharning "O‘zbekiston bog‘i" hududida alohida ajratilgan tasviriy sanʼat pavilonida kechayotgan qizg‘in ijod jarayoni bilan tanishdi, yaratilgan ijodiy ishlarni ko‘zdan kechirdi.

O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi Andijon viloyat bo‘limi boshlig‘i Rasuljon Ismanov pavilonda olib borilayotgan ishlar hamda kelgusi rejalar to‘g‘risida axborot berdi. 

Taʼkidlanganidek, ushbu bog‘da O‘zBIU Andijon viloyat bo‘limiga aʼzo rassomlar, Badiiy akademiya tasarrufidagi Andijon ISMI o‘qituvchi va o‘quvchilari, Andijon pedagogika instituti tasviriy sanʼat fakulteti talabalari hozirgi kunda doimiy ijod bilan band.

Badiiy akademiya raisi tanishuvdan keyin zarur maslahat va tavsiyalar berib o‘tdi.