close-icon

Понедельник – Пятница, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

Bugun, 7-may kuni, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi, Akmal Nurning shaxsiy galereyasiga O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori Sherzodxon Qudratxo‘ja boshchiligidagi professor-o‘qituvchilar hamda talabalar tashrif buyurishdi.

🖼 Mazkur uchrashuv samimiy muloqot, san’at falsafasi va ijodiy mushohadalarga boy muhitda o‘tdi.

🧑‍🎨 Uchrashuv davomida taniqli musavvir mehmonlarni o‘zining turli yillarda yaratilgan asarlari bilan yaqindan tanishtirdi. Asarlarda milliy ruh, zamon nafasi va inson ichki kechinmalari o‘ziga xos badiiy yechimlar orqali aks ettirilgani yoshlar tomonidan katta qiziqish bilan qarshi olindi.

💬 Ijodiy suhbat jarayonida talabalar tasviriy san’at va jurnalistika o‘rtasidagi bog‘liqlik, zamonaviy media makonida san’at targ‘iboti, ijodkor mas’uliyati hamda bugungi madaniy jarayonlar yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildi. Akmal Nur esa savollarga hayotiy kuzatuvlar, ijodiy tajribalar va san’atkorona mushohadalar asosida atroflicha javob berdi.

🌿 Muloqot davomida san’atning inson tafakkurini boyitishdagi o‘rni, estetik dunyoqarashni shakllantirishdagi ahamiyati, milliy tasviriy san’at maktabining taraqqiyot bosqichlari hamda yosh avlodni ijod va ma’naviyat ruhida tarbiyalash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🤝 Mazkur uchrashuv talabalarning san’at va madaniyatga bo‘lgan qiziqishini mustahkamlash, ularni milliy tasviriy san’atning boy an’analari bilan yaqindan tanishtirish hamda jurnalistika va san’at uyg‘unligini chuqurroq anglashida muhim ahamiyat kasb etdi.