Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti Anjumanlar zalida “Bahodir Jalol: san’at va falsafa uyg‘unligi” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi!
⚡️ Ilmiy-amaliy konferensiya O‘zbekiston Badiiy akademiyasi akademigi, Davlat mukofoti sovrindori Bahodir Jalolovning san’atga bo‘lgan falsafiy yondashuvi, estetik qarashlari hamda milliy tasviriy san’at rivojiga qo‘shgan ulkan hissasini chuqur tahlil etishga bag‘ishlandi.
⚡️ Konferensiyada institut doktorantlari tomonidan rassomning asarlarida aks etgan ma’naviy-estetik g‘oyalar, rang va formadagi ramziy tafakkur, kompozitsion yechimlar va ularning zamonaviy san’atdagi o‘rni borasida ilmiy-nazariy yondashuv asosida ma’ruzalar qilindi. Konfensiya doirasida o‘tkazilgan tahlillar nafaqat Bahodir Jalolov ijodining badiiy jihatlarini, balki uning jamiyatda shakllanayotgan san’at-falsafa integratsiyasiga ta’sirini ham ochib berdi.
⚡️ Shuningdek, konferensiya ishtirokchilari uchun rassom hayoti va ijodiga oid hujjatli videomateriallar namoyish etildi. Ushbu lavhalar orqali Bahodir Jalolovning mashhur asarlari, ijodiy jarayonlari, shaxsiy qarashlari va san’at borasidagi izlanishlari haqidagi muhim tafsilotlar keng jamoatchilikka yetkazildi.