Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
close-icon

Понедельник – Пятница, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

Shu kunlarda Qirg’iziston poytaxti Bishkek shahridagi Compass kollejida YCCAF-2025 - Markaziy Osiyo yosh ijodkorlar forumi bo'lib o'tmoqda. Forum  Qirg'iziston va O'zbekiston yosh ijodkorlari, tadbirkorlari va ijodiy industriya vakillarini o’z ichiga olgan.

Forumdan maqsad ishtirokchi yoshlarning o’zlari yaratgan qo'shma loyihalarni taqdim etish va ijodiy biznes sohasida tajriba almashishdan iborat.

Mazkur forumda O'zbekiston Badiiy akademiyasi tasarrufidagi Respublika ixtisoslashtirilgan Dizayn maktabi mutaxassislari, o'quvchilari qatnashayapti.

Dastur Qirg'izistonning madaniy va ijodiy maydonlariga borishni ham  o'z ichiga oladi. 17 -18-aprel kunlari  RIDM delegatsiyasi Qirg'izistonning diqqatga sazovor joylarida. jumladan, Issiqko'lda, ko'chmanchi tsivilizatsiyalar muzeyidad bo'lishdi, ishtirokchilar qirg'iz xalqi tarixi bilan tanishishdi.

Forum ertaga o'z ishini yakunlaydi.