Joriy yil 12-aprel kuni Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahridagi "Eman bog'i" galereyasida Kamoliddin Behzod nomidagi MRDI Tasviriy san'at fakulteti “Miniatyura va kitob grafikasi” kafedrasi professori, “Mehnat shuhrati” ordeni sohibi Asliddin Kalonovning "Asrga tatigulik kun" deb nomlangan shaxsiy ko'rgazmasi tantanali ochildi.
Ko'rgazma O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, Badiiy ijodkorlar uyushmasi, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti hamda Qirg‘iziston rassomlar uyushmasi hamkorligida tashkil qilindi.
Ko‘rgazmani O‘zbekistonning Qirg‘izistondagi favqulodda va muxtor elchisi Saidikrom Niyozxodjayev hamda Qirg‘ziston rassomlar uyushmasi raisi Jakshibek Jumushev ochib berdi.
16-aprelgacha davom etadigan ekspozitsiyada musavvirning buyuk qirg‘iz adibi Chingiz Aytmatov (1928 - 2008) roman va qisssalariga ishlangan 60 ga yaqin grafik asarlari namoyish etilmoqda.