Bugun, 22-aprel kuni Markaziy ko‘rgazmalar zalida Xalqaro tasviriy va amaliy san’at festivali doirasida Kemyong universiteti talabalari ko‘rgazmasi tantanali ravishda ochildi.
✅ Mazkur ko‘rgazma nafaqat yosh ijodkorlarning san’at asarlarini namoyish etish, balki xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va madaniy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Unda taqdim etilgan asarlar turli millat va madaniyat vakillarini birlashtiruvchi umumiy qadriyatlar — go‘zallik, hamjihatlik va o‘zaro hurmat g‘oyalarini aks ettiradi.
🔔 Bunday ijodiy uchrashuvlar O‘zbekiston va Janubiy Koreya yoshlari o‘rtasida samimiy muloqot, tajriba almashish hamda yangi do‘stona rishtalarni shakllantirish uchun muhim maydon bo‘lib xizmat qiladi. San’at esa bu jarayonda til bilmaydigan, lekin qalblarni yaqinlashtiradigan eng kuchli vosita sifatida namoyon bo‘lmoqda.