close-icon

Понедельник – Пятница, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

Bugun, 21-sentabr kuni O‘zbekiston Badiiy akademiyasida Direktorlar kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishga O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur raislik qildi.

Yig‘ilishda Badiiy akademiya tizimidagi ta’lim muassasalarida 2026/2027-o‘quv yilining boshlanishi bilan bog‘liq tashkiliy masalalar atroflicha muhokama qilindi. Jumladan, ta’lim jarayonining samarali yo‘lga qo‘yilishi, o‘quvchilar uchun zarur shart-sharoitlarning yaratilishi, o‘quv-moddiy bazani mustahkamlash hamda ta’lim sifatini yanada oshirish borasidagi ustuvor vazifalarga e’tibor qaratildi.

 Shuningdek, tizimdagi ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini zamonaviy talablar asosida tashkil etish, pedagoglar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va o‘quvchilarning ijodiy salohiyatini rivojlantirish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan fikr almashildi.

 Yig‘ilishning muhim masalalaridan yana biri — XI Toshkent xalqaro zamonaviy san’at biennalesiga tayyorgarlik ko‘rish jarayoni bo‘ldi. Mazkur nufuzli xalqaro san’at tadbirini yuqori saviyada o‘tkazish, ekspozitsiyalarni shakllantirish, tashkiliy ishlarni muvofiqlashtirish hamda ishtirokchilar uchun zarur sharoitlarni yaratish borasidagi vazifalar muhokama qilindi.

 Biennale doirasida zamonaviy san’atning dolzarb yo‘nalishlarini namoyish etish, mahalliy va xorijiy ijodkorlar o‘rtasidagi ijodiy hamkorlikni rivojlantirish hamda O‘zbekistonning xalqaro san’at maydonidagi nufuzini yanada mustahkamlashga qaratilgan ishlarni izchil davom ettirish zarurligi qayd etildi.

 Kun tartibidagi masalalar yuzasidan mas’ullarning axborotlari tinglanib, mavjud vazifalar va istiqboldagi rejalar belgilab olindi. Muhokamalar yakunida ta’lim jarayonini takomillashtirish va XI Toshkent xalqaro zamonaviy san’at biennalesiga puxta tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.