O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi Anjumanlar zalida Xalqaro an’anaviy tasviriy va amaliy san’at festivali doirasida “EGO XXVII. Hissiyot san’atning badiiy vositasi sifatida: sun’iy intellekt” mavzusida ilmiy-eksperimental konferensiya o‘tkazildi.
🎯 Loyihaning asosiy maqsadi — san’atshunoslik yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarning nazariy bilimlarini noan’anaviy talqin etishga yo‘naltirish hamda ularni mustaqil fikrlash va ijodiy yondashuvni ifoda etishga rag‘batlantirishdan iborat.